MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
"Hind Rajabning ovozi" nomli hujjatli film "Kumush Sher" mukofotiga sazovor bo'ldi
Mazkur film tunislik rejissyor Kauter Ben Xaniya tomonidan tasvirga tushirilgan.
"Hind Rajabning ovozi" nomli hujjatli film "Kumush Sher" mukofotiga sazovor bo'ldi
7 сентябр 2025

Tunislik rejissyor Kauter Ben Xaniya tomonidan suratga olingan Gʻazo haqidagi «Hind Rajabning ovozi» (The Voice of Hind Rajab) hujjatli filmi kecha (06 - sentabr, 2025 - yil) Venetsiya kinofestivalida «Kumush Sher» mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu mukofot festivaldagi eng nufuzli ikkinchi mukofat hisoblanadi.

Tunislik rejissyorning ushbu filmi 2024 - yilning 29 - yanvari kuni oilasi bilan birgalikda Gʻazodan qochishga urinar ekan Isroil kuchlari tomonidan nishonga olingan bir mashina ichida tirik qolgan yagona besh yoshidagi Hind Rajabning hikoyasi haqida soʻz qiladi.

Hujum paytida chorasiz qolgan Hind, Qizil Yarim oy jamiyatining ixtiyoriy a’zolariga qoʻngʻiroq qilib, yordam soʻragandi. Jamiyatning ixtiyoriy a’zolari aloqani uzmay, tez yordam mashinasi yuborishga urinadi ammo ham tez yordam mashinasi hamda kichik qizaloq yordam yetib bormay turib Isroil askarlari tomonidan oʻqqa tutiladi.

Mukofot topshirish marosimida nutq soʻzlagan Ben Xaniya, oʻz mukofotini Falastin Qizil Yarim oy jamiyatiga atadi va ilk yordam xizmatida ishlagan qahramonlarni salomladi.

Ben Xaniya: «Hindning ovozi butun dunyo eshitgan ammo hech kim javob bera olmagan yordam chaqirig‘i edi», - dedi.

U shuningdek: «Uning ovozi javobgarchilik va adolat qaror topgunga qadar yangrayveradi. Kino uni bu dunyoga qaytarib kela olmaydi va unga qarshi qoʻl urilgan vahshiylikni boʻlmagandek hisoblay olmaydi ammo kino uning ovozini saqlab qolishi mumkin», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Xaniya: «Bu nafaqat Hindning hikoyasi, balki jazosiz yurgan jinoyatchi Isroil rejimining ham hikoyasidir», - dedi o‘z so‘zida.

Ushbu voqea ayni vaqtda shoshilinch ravishda yordam so‘rash niyatida sur’atga olinganini yodga solgan Xaniya, xuddi Hindning oilasidek G‘azodagi ko‘plab oila haligacha har kuni bombardimonlar ostida xavf, qo‘rquv va ochlik bilan olishayotganini qayd etdi. Ortidan butun dunyo liderlarini bunga chora ko‘rishga chaqirdi.

So‘zlari yakunida esa: «Hind tinch yotsin, uning qotillarining ko‘zlariga uyqu harom bo‘lsin va Falastin ozod bo‘lsin!» - dedi.

«Hind Rajabning ovozi» filmini tomoshabinlar premyera yakunida 22 daqiqa tik oyoqqa turib olqishlagan edi.

Festivalning eng yaxshi film uchun beriladigan« Oltin Sher» mukofoti Jim Jarmuschning «Ota Ona Opa Aka» (Father Mother Sister Brother ) filmiga topshirilar ekan, Benny Safdie esa «Ezuvchi Mashina» (The Smashing Machine) filmi uchun eng yaxshi rejissyor sifatida «Kumush Sher» mukofotiga sazovor deb topildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us