Gruziya Konstitutsiyaviy sudi, prezident Salome Zurabishvilining oktabr oyida boʻlib oʻtgan bahsli parlament saylovlari natijalarini bekor qilish haqidagi talabini rad etdi.
O‘tgan haftaning juma kuni qabul qilingan va seshanba kuni oliy sud veb - saytida e’lon qilingan qarorda, Zurabishvili qo‘zg‘atgan ishning mohiyati ko‘rib chiqilmasligi ifoda etildi.
Sud, shuningdek, muxolifatdagi 30 nafar deputat tomonidan «Gruziya orzusi» partiyasining ko‘pchiligi g‘alaba qozongan saylov natijalariga qarshi ochgan sud ishini ham rad etdi.
Unda, shuningdek, qabul qilingan qaror yakuniy ekani va e’tiroz yoki qayta ko‘rib chiqilishi imkonsiz ekani bildirildi.
Davom etgan namoyishlar
Zurabishvili 19 - noyabr kuni Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, 26 - oktabr kungi saylov natijalarining bekor qilinishini talab qildi. «Gruziya orzusi» partiyasi saylovda 53,93% ovoz to‘plab, 150 o‘rinli parlamentdagi 89 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
«Gruziya orzusi» rasmiylari, jumladan, Bosh vazir Irakliy Kobaxidze va partiyaning faxriy raisi Bidzina Ivanishvili natijalarni xursandchilik bilan qarshi oldi.
Ammo Zurabishvili natijalarni tan olmasligi va ovoz berish ishlari Rossiya aralashuvi bilan kechganini ilgari surdi. Muxolifat partiyalari esa saylovlarda ovozlarning o‘g‘irlanganini iddao etar ekan, hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirildi. Oqibatida, Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish haqidagi muzokaralar to‘xtatildi.
Kobaxidze saylovlardagi firibgarlik haqidagi iddaolarni qabul qilmadi va saylovlarda kuzatilgan har qanday qonunbuzarliklar, dunyoning boshqa mamlakatlaridagi saylovlarda ham kuzatilganidek oddiy holat ekanini ifoda etdi.
Prezident, sud qarori haqida hali hanuz izoh bermadi.