MADANIYAT
5 daqiqa o'qish
Ijtimoiy tarmoqdagi go'zallik tendentsiyalari yosh qizlar uchun zararlimi?
Kunimizda go‘zallik tushunchasi hamma joyda – telefonlarimizda, ijtimoiy tarmoqlarda va har bir platformada.
Ijtimoiy tarmoqdagi go'zallik tendentsiyalari yosh qizlar uchun zararlimi?
7 март 2025

Bugungi dunyoda go‘zallik tushunchasi hamma joyda – bizning telefonlarimizda, ijtimoiy tarmoqlarda va har bir platformada. Ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar yosh qizlarning o‘zlarini qanday ko‘rishlarini shakllantiradi. Go‘zallik videolarini tomosha qilish birinchi navbatda oddiy bir ko‘ngilochar vosita bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu tezda teri parvarishiga bo‘lgan to’belikka aylanib ketishi mumkin. Xo'sh, yosh qizlar kattalar uchun mo'ljallangan go'zallik standartlarini kuzatib borar ekan qanday jarayon ro’y beradi?

Bu epizodda virusli videolar va blogerlar madaniyati orqali shakllangan go‘zallik tasavvuri qanday qilib o‘smir qizlarning hayotiga ta'sir qilayotganini guvohi bo’lamiz.

Hammasi yaxshi ko'rinish istagidan boshlandi. Scarlett, 11 yoshli qiz. U go‘zallik videolarini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Ularning porloq terisi va sehrli teri parvarishlash mahsulotlari uni go‘yoki maftun etgandi. Tez orada bu qiziqish qaramlikka aylandi. Faqat 10 yoshda bo‘lgan Scarlett allaqachon ajinlardan xavotir ola boshlagandi. Terini tozalovchi vositalar, niqoblar, spreylar, namlantiruvchi vositalar der ekanmiz, – u butunlay bir parvarish tizimiga tobe’ bo’ldi.

Ammo tez orada ishlar yomonlasha boshladi. Bir kecha, odatdagi teri parvarishi mahsulotlarini qo‘llaganidan so’ng, Scarlettning yuzi kuyib, terisi pufakchalashib ketdi. U foydalanayotgan mahsulotlar kattalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning nozik yosh terisi uchun juda kuchli edi. Hatto bir necha oy o‘tgach, Scarlett hali ham buning oqibatlariga qarshi kurashmoqda edi.

Scarlettning hikoyasi o‘ziga xos emas. Bu o‘sib borayotgan tendensiyaning aksidir. Hatto sakkiz yoshli qizlar ham kimyoviy kuyishlar va allergik reaksiyalar bilan dermatologlar huzuriga kelishmoqda. #SephoraKids kabi virusli tendensiyalar bu qaramlikni kuchaytirib, qizlarni kattalar uchun mo‘ljallangan teri parvarishi rejimlarini sinab ko‘rishga undamoqda. Ammo zarar faqat jismoniy emas edi.

Mutaxassislar ayni paytda ruhiy oqibatlarga ham e'tibor berishmoqda. TikTok va Instagram kabi platformalar yosh qizlarni mukammal go‘zallik suratlari bilan o’ziga mahliyo qilmoqda, bunday suratlarda teri bejirim va sochlar silliq bo‘lib ko’rinadi. Ushbu fotosuratlar va videolar filtrlash va tahrirlash vositalari orqali yaxshilanadi. Ammo yosh qizlar ba'zan mukammal ko‘rinishni yaratish uchun orqa fonlardagi "sehr"ni ko‘rmaydilar.

Ushbu haqiqiy bo'lmagan tasvirlarga mos keladigan bosim zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Keng qamrovli tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tashqi ko'rinishga haddan tashqari e'tibor qaratish o'ziga bo'lgan ishonchni yo’qotishi mumkin.

Yosh qizlar bu standartlarga rioya qilishga urinayotganda, ular xavotir, o‘z-o‘ziga past baho berish va hatto depressiya bilan kurashishga kirishadilar. Ko‘pchilik uchun teri parvarishi teriga g‘amxo‘rlik qilishdan ham ko’proq, jamoaga qo‘shilish haqida bo‘lib qoladi.

Mia, Nyu-Yorkdan 14 yoshli qiz. U avvaliga teri parvarishiga unchalik qiziqmagan edi. Ammo sakkizinchi sinfga o’tgach, hammasi o‘zgardi. To'satdan, maktabdagi qizlarning hammasida teri parvarishi rejasi bor edi va ijtimoiy mediadagi blogerlar unga aynan nimani qilish kerakligini ko‘rsatishardi. Ko‘pchilik qizlar kabi, Mia o‘zining cho‘ntagidagi haftalik pulni katta brend mahsulotlariga sarflay boshladi. U sevimli blogerlarning ishlatgan mahsulotlarini sotib olardi. Vaqt o’tishi bilan oddiy qiziqish qimmatbaho odatga aylandi – spreylar, serumlar, namlantiruvchi vositalar, bularning hammasi yuqori darajadagi brendlardan edi. U sotib olgan mahsulotlar hatto kattalar hech qachon sarflamaydigan mablag’lardan qimmatroq edi. Teri parvarishi faqat yaxshi ko‘rinish haqida emas edi; bu bir jamoaga qo‘shilishning yo‘li bo‘lib qoldi. Blogerlar mahsulotlarga ega bo‘lishni shaxsiy tajribaga aylantirishdi, go‘yo bir xil mahsulotlarga egalik qilish sizni katta narsaning bir qismi qilgandek edi.

Teri parvarishiga bu darajadagi qaramlik yosh yigit-qizlarga ijtimoiy media ta’sirining bir qismi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mia, o‘rtoqlari kabi, videolariga qiziqib qoldi - bu videolarda blogerler o‘zlarini millionlab izdoshlariga namoyish qiladi.

Bu blogerlarga brendlar tomonidan pul to‘lanadi. Bu maslahatlarga go‘yo bir do‘stning boshqasiga qilgan tavsiyasidek qaraladi. Ajablanarli tomoni shundaki, bu yosh qizlarga internet orqali qanday qilib bosqichma-bosqich tashqi ko‘rinishlarini mukammallashtirishni o‘rgatishmoqda. Ular bu yoshda o‘z tashqi ko‘rinishlariga e'tibor qaratishni o‘rganishmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tashqi ko‘rinishga haddan tashqari e'tibor berish tashvish, depressiya va tana qiyofasi bilan bog‘liq muammolarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu obsesyon kuchayib borar ekan, go'zallik sanoati ham ushbu tendentsiyadan foyda ko'rmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 14 yoshdan kichik bolalar hozirda teri parvarishi bo‘yicha savdolarning katta qismida ishtirok etmoqda, ayniqsa yuqori darajadagi mahsulotlar uchun. Ammo ular sotib olayotgan mahsulotlarning ko‘pi kuchli tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi, masalan, retinol va kimyoviy eksfoliatorlar. Ushbu tarkibiy qismlar yosh teriga uzoq muddatli zarar keltirishi mumkin. Dermatologlar bolalar uchun faqat tabiiy mahsulotlarni tavsiya qilishadi — faqat yumshoq tozalagich, namlovchi va quyoshdan himoya qiluvchi krem vhkz. Buning ortig‘i ularning o‘sayotgan yosh terisi uchun juda zararli. Bu erta qarish va ajin tushishiga olib kelishi mumkin.

Kattalar uchun kuchli mahsulotlarning yosh teriga zararli ekanligi haqida ogohlantirishlarga qaramay, ko‘plab kompaniyalar ushbu zaif auditoriyaga mahsulotlarini sotishda davom etmoqda. Ba'zi mamlakatlar, masalan, Shvetsiya, bolalarni himoya qilish uchun qattiq qonunlarga ega. U yerda o‘smirlar qarishga qarshi mahsulotlarni sotib olish uchun ota-onalarining roziligiga muhtoj. Ammo boshqa joylarda, masalan, AQShning Kaliforniya shtatida, ushbu mahsulotlarni 13 yoshdan kichik bolalarga sotishni tartibga solish bo‘yicha harakatlar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Ba'zi ota-onalar uchun kurash uyda boshlanadi. Ko‘plari o‘z farzandlarining teri parvarishi mahsulotlariga ega ekanligini ko‘rib hayron qolishadi. Ba'zilar, Mianing onasi Sandra kabi, bolaning terisi va sog'lig'ini himoya qilish uchun barcha mahsulotlarni tashlash kabi keskin choralar ko'radi. Avvaliga Mia bunga g'azablandi. Biroq, onasining qarori qanchalik to‘g‘ri ekanini nihoyat tushundi. Oddiyroq parvarish bilan, uning terisi sog‘lomroq va bundan ham muhimi, o‘zini ishonchli his qilyapti. Skarlettning onasi unga zarar yetmaguncha bundan bexabar edi. Qizining terisini mukammal qilish kerak bo'lgan mahsulotlar unga zarar berganini hamon eslaydi. U keyinchalik qizining boshidan kechirayotgan azob-uqubatlarni ko'rib, ehtiyotkorroq bo'ldi. Bugungi kunda u terini parvarish qilish sohasida bolalarni yanada qattiqroq ogohlantirish va ko'proq himoya qilishni ta'minlash uchun harakat qilmoqda.

Go‘zallik sanoati o‘sishda davom etar ekan va ijtimoiy mediadan ta’sir tobora kengayib borayotgan bir paytda, yosh qizlarni imkonsiz go‘zallik standartlariga moslashishga bo‘lgan bosimdan himoya qilish uchun ko‘proq ish qilinishi kerakligi aniq. Mia va Scarlettning hikoyalari tobora keng tarqalmoqda. Ba'zi ota-onalar aralashayotgan bo‘lsa-da, mutaxassislar o‘zgarish yuqoridan boshlanishi kerak degan fikrda. Biz o‘zimizga savol berishimiz kerak: biz kelajak avlodga nimani o'rgatyabmiz? Go'zalliknimi yoki o'zini qanday bo’lsa shunday qabul qilishnimi?

Ushbu podkast “TRT World” uchun yozilgan maqoladan olingan.

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us