Shimoliy Karolina universiteti va Maks Plank instituti olimlari turli tillarning his-tuyg'ularni qanday ifodalashi haqida qiziqarli tadqiqot o'tkazishdi. Ular dunyodagi taxminan 2,500 tilda g'azab, qo'rquv va quvonch kabi his-tuyg'ularning qanday ifodalanishini o'rganishdi. Ularning Science jurnalida e'lon qilingan kashfiyotlari haqiqatan ham hayratlanarli edi.
His-tuyg'ular haqida fikrlash uslubimiz biz gapiradigan tilga bog'liq bo'lishi mumkinday ko'rinadi. Ba'zi his-tuyg'u so'zlari shunchalik o'ziga xoski, ular faqat bitta madaniyatga tegishlidek tuyuladi. Masalan, nemis tilidagi "Sehnsucht" so'zi boshqacha hayotga bo'lgan kuchli istakni anglatadi va boshqa ko’plab tillarda to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi yo'q. Shuningdek, Papua-Yangi Gvineyadagi Bayning xalqining tilidan olingan "awumbuk" so'zi ham mehmonlar ketgandan keyin paydo bo'ladigan bo'shliq hissini tasvirlaydi.
Lekin gap faqat o'ziga xos so'zlarda emas. Turli tillarda ko'p ma’noni ataladigan so’zlar haqida nima deyish mumkin?
Olimlar ko'p ma'noli so'zlarni o'rganishdi. Masalan, o'zbek tilida "g'alati" so'zi nafaqat “g'ayrioddiy”, balki “qiziq” degan ma'noni anglatishi mumkin. Ular ba'zi his-tuyg'ularning turli tillarda o'xshash nomlari bo'lsa-da, ularning ma'nolari juda farq qilishi mumkinligini aniqladilar.
Masalan, ba'zi tillarda "hayratlanish"- "qo'rquv" bilan chambarchas bog'liq bo'lsa, boshqa tillarda "umid" va "istak" bilan bog'liq. Xuddi shunday, "xavotir" bir tilda "g'azab" bilan, boshqasida esa "g'am" bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Hatto "g'urur" tushunchasi ham madaniy kontekstga qarab turli his-tuyg'ularni - ijobiy yoki salbiy ma’noni keltirib chiqarishi mumkin.
Tadqiqot shuningdek, geografik jihatdan yaqin bo'lgan til oilalari ko'pincha his-tuyg'ularni guruhlashtirishning o'xshash usullariga ega ekanligini ko'rsatdi. Ammo barcha bu farqlarga qaramay, ba'zi universal o’xshashliklar ham bor. Barcha tillar yoqimli va yoqimsiz his-tuyg'ularni, shuningdek past yoki yuqori darajadagi hayajonni o'z ichiga olgan his-tuyg'ularni farqlaydi. Masalan, juda kam tillar g'amning sokinligini g'azabning shiddati bilan aralashtirib yuboradi yoki xursandchilik baxtini xatodan afsuslanish bilan aralashtirib yuboradi.
Bu ba'zi asosiy his-tuyg'ular miyamizga o'rnashib qolgan degan g'oyani qo'llab-quvvatlaydi - bu boshqa sutemizuvchilar bilan baham ko'radigan narsamiz. Ammo minglab yillar davomida odamlar ushbu asosiy his-tuyg'ularni rivojlantirib, hissiy ifodaning turli shakllarini yaratdilar.
Shunday qilib, keyingi safar kimdir boshqa tilda biron-bir his-tuyg'u haqida gapirayotganini eshitganingizda, tarix va madaniyat uni siz bilgan narsadan biroz farq qiladigan narsaga aylantirgan bo'lishi mumkinligini unutmang.