G‘azo shahridagi Falastin Hukumatining OAV vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, Isroilning 700 kunlik bombardimonlari oqibatida hududning deyarli barcha infratuzilmasi yer bilan yakson bo‘lgan. Keltirilgan ziyon pul bilan hisoblanganda uning 68 milliard dollardan ortiq ekani taxmin qilinmoqda.
Mavzu haqida kecha 6 - sentabr haftaning shanba kuni berilgan bayonotda, Isroil urushi G‘azo infratuzilmasining taxminan 90 foizini vayron qilgan. Eng yomoni, genotsid va mahalliy aholini o‘z uy - joyidan majburiy ko‘chirish siyosatlari haligacha davom etmoqda.
Bayonotga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik 73 ming 700 nafardan ortiq inson halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Ular orasida 20 ming nafardan ortiq yosh bola bilan 12 ming 500 nafar ayol kishi borligi aniqlandi. Yana bir qo‘rqinchli jihati shundaki, Isroil urushi paytida falastinlik 2 ming 700 oila butunlay yo‘q qilingan.
Halok bo‘lganlar orasida 1 ming 670 nafar tibbiy xodim, 248 nafar jurnalist, 139 nafar harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhi a’zosi bilan 173 nafar munitsipalitet xodimi bor. Halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolganlardan tashqari 162 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan, ulardan ko‘plari amputatsiya, falajlik va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish kabi inson hayotini o‘zgartiruvchi jarohatlardir.
Yuqorida nomi tilga olingan OAV vakillari shuningdek 38 ta shifoxona, 833 ta jome’ masjidi va 163 ta ta’lim muassasasi vayron bo‘lgani hamda davlatga oid minglab ishxona binosi katta ziyon ko‘rganini ma’lum qildi.
Ommaviy ravishda majburiy ko‘chirish siyosati
Isroilning G‘azo shahri va shimoliy hududlarda yashovchilarning o‘z uylariga qaytishini taqiqlashi orqali ommani majburiy ko‘chirish siyosati va ochlikdan, ocharchilikdan qurol sifatida foydalanishni haligacha davom ettirishi iddao etilmoqda.
OAV vakillari yuz minglab insonparvarlik yordami yuklangan yuk tashuvchi mashinalarning G‘azoga kirishiga monelik qilinishi va natijada 2,4 million aholi, jumladan 1 million nafardan ortiq yosh bola ocharchilik yoqasida yashash uchun murakkab kurash olib borayotganiga e’tibor qaratdi.
Isroil va uning tarafdorlari, xususan AQShni bu vayronagarchilikdan mas’ul deb topgan OAV vakillari arab va islom davlatlari, xalqaro hamjamiyat va Birlashgan Millatlar Tashkilotini tezlik bilan hujumni to‘xtatish, blokadani olib tashlash, o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan oilalarning yurtiga qaytishini ta’minlash va Isroil rahbarlarini xalqaro sudlarda javobgarlikka tortish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.
Juma kuni Isroilning G‘azodagi genotsid urushi boshlanganiga 700 kun bo‘lishi va shu vaqt mobaynida falastinlik 64 ming 300 kishi o‘ldirilgani qayd etildi. Harbiy hujum hududni vayron qilish bilangina cheklanib qolmay, Isroil tomonidan joriy etilgan ocharchilikka ham tashlab qo‘yildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.
Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.