DUNYO
2 daqiqa o'qish
Meksikadagi yo‘l transport hodisasi 10 kishi umriga zomin bo‘ldi
Meksikada ikki qavatli avtobus bilan poyezd to‘qnashuvi oqibati 10 kishining umriga, 61 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Meksikadagi yo‘l transport hodisasi 10 kishi umriga zomin bo‘ldi
12 соат олдин

Rasmiylar Meksikaning markaziy qismida yuk tashuvchi poyezdning ikki qavatli yo‘lovchi avtobusiga urilib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani va 61 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Hodisa Meksika shtatining Atlakomulko shahrida, sanoat hududi sifatida tanilgan joyda sodir bo‘lgan. Unda avtobus haydovchisi temir yo‘l kesishmasida poyezddan o‘tib olishga uringan ammo ulgurmagan va natijada halokatli to‘qnashuv yuzaga kelgan.

Bu halokat mamlakat temir yo‘l tizimini rivojlantirayotgan bir paytda sodir bo‘lgan eng og‘ir hodisalardan biri hisoblanadi.

Shahar hokimiyati mavzu haqida bergan bayonotida, «Afsuski, bu voqea ko‘plab insoniy yo‘qotishlarga olib keldi va bu bizning jamiyatimizni chuqur qayg‘uga soldi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shtat bosh prokuraturasi hodisa bo‘yicha tergov boshlatdi va 7 nafari ayol kishi, 3 nafari esa erkak kishi, jami 10 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hodisa joyidan olingan videotasvirlarda ikki qavatli avtobus tirbandlikda qolib, tirbandlikdan qochish uchun temir yo‘l izlaridan o‘tishga uringanini ko‘rish mumkin.

Avtobus ichida jami 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va u Meksika shahriga yo‘l olgan edi. To‘qnashuv natijasida avtobus ikkiga bo‘linib, bir necha metrga qadar sudralgan. Mahalliy aholi tan jarohati olmagan yo‘lovchilarning vayronalar ichidan chiqib olishiga yordam bergan.

Meksika shtati favqulodda xizmatlari, Milliy Favqulodda vaziyatlar komissiya, Qizil xoch va mahalliy politsiya hodisa joyiga tez yetib borib, tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ayni vaqtda qutqaruv ishlari ham amalga oshirilgan.

Mahalliy hokimiyatlar munitsipalitetni poytaxt bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lini yopib qo‘ydi. Bu yo‘l shtatdagi eng ko‘p qatnovchi yo‘llardan biri bo‘lib, minglab ishchi xuddi shu yo‘l orqali har kuni shaharga qatnaydi.

Meksika federal agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda poyezd va transport vositalari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar soni oshgan. Hatto 2021 - yili 673 ta yo‘l transport hodisasi qayd etilgan bo‘lsa, bu holat 2024 – yilga kelib 784 taga yetgan.

Joriy yilning birinchi choragida agentlik bunday to‘qnashuvlar natijasida 35 ta jarohatlanish va uchta o‘lim holatini qayd etgan.

Bu fojiali hodisa temir yo‘l kesishmalarida xavfsizlik chor - tadbirlari, yo‘llarni yoritish ishlari va belgilash tizimlarini yaxshilash bo‘yicha hukumatga murojaat qilayotgan aholi talablari kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us