Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi, «Terrorsiz Turkiya» uchun davom etayotgan tashabbusning PKK terror tashkiloti bilan «muzokara jarayoni» emasligi, balki tashkilotning yaqinda tarqatilishi haqidagi qarori ortidan qanday qadamlar tashlanishi kerakligini aniqlash uchun milliy bir harakat ekanini ifoda etdi.
Kurtulmush payshanba kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisida uyushtirilgan tadbirda, «Shuni ochiq – oydin aytishni istayman, Turkiya Buyuk Millat Majlisida boshlatilgan bu jarayon aslo muzokara jarayoni emasdir», - dedi.
«Terror tashkilotining o‘zini tarqatib yuborishi haqidagi qaroridan keyin o‘rtaga chiqqan yangi vaziyatni baholash, Turkiya Buyuk Millat Majlisi doirasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni aniqlash va uni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh Assambleyasiga, Assambleyaning irodasiga taqdim etishdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kurtulmush faxriylar va shahid oilalari huzurida bergan bayonotlarida, jarayon bilan bog‘liq va xavotirga soluvchi masalalarga to‘xtaldi.
«Bu doirada bir muzokara emas, terror tashkiloti bilan mushtarak muzokara ham emas, aksincha, terrorsiz Turkiya uchun terror tashkilotining tarqatib yuborilishi bilan boshlangan jarayonni qayta baholashdir», - dedi.
Bu bayonotlar, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘gʻanning joriy yilning 12 – iyuli kuni PKKning 47 yillik terrorchilik kampaniyasini toʻxtatib, qurollarini tashlash haqidagi qarori ortidan mamlakat tarixida «yangi sahifa» ochilganini eʼlon qilishi ortidan qayd etildi.
Turkiya, AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan PKK may oyida bir kongress uyushtirish orqali o‘zini - o‘zi tarqatib yuborishini e’lon qilgandi. Bu qadam tashkilotning qamoqdagi rahbari Abdullah O‘jalanning fevral oyida o‘nlab yillar davom etgan hujumlarni to‘xtatish chaqirig‘i ortidan yuz berdi.
Yangi tashabbus doirasida tashkil etilgan «Milliy birdamlik, qardoshlik va demokratiya komissiyasi» ilk yig‘ilishini seshanba kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisida o‘tkazdi. Komissiya oldiga terrorizmdan keyingi davrning siyosiy va huquqiy jihatlarini baholash vazifasi yuklatildi.
Terrorning yo‘q qilinishi mintaqa uchun qay darajada muhim ekaniga e’tibor qaratgan holda, «Ochig‘ini aytganda terrorsiz Turkiya degani, terrorsiz mintaqa deganidir», - degan Kurtulmush, «Xudo xohlasa buni ham birgalikda tashkil etamiz», - dedi.
Kurtulmush, shuningdek, respublikaning 100 yillik tarixining qariyb 50 yilini zulmatga qarshi kurashish ichida o‘tkazganini ifoda etgan holda terrorning o‘nlab yillar davomida mamlakatga yetkazgan og‘ir ziyoniga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Qay jihatdan qarasangiz Turkiya moliyaviy jihatdan 3 trillion dollarga yaqin ziyon ko‘rdi. O‘n minglab bolalarimiz, yoshlarimiz shahid bo‘ldi. Mamlakatni himoya qilish uchun davlat xodimlarimiz Vatan himoyasi yo‘lida o‘z jonlarini fido qilib, shahid bo‘ldilar. Yana shunday og‘ir badallar to‘lamaslik uchun bu mamlakatning ko‘p asrlik birdamligi va birodarligini qayta tiklashimiz shart», - dedi.