TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Starmerga Falastin bo‘yicha tutgan pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi
Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya Bosh vaziri Starmerga Falastin bo‘yicha tutgan pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Erdo‘g‘an Starmerga Falastin bo‘yicha tutgan pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi
5 август 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda, Isroil o‘q uzmasligi va muammoni iki davlat asosida hal qilinishi uchun mazmunli qadamlar tashlanishi zarurligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdogan Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlari uchun Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmerga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ikkala lider dushanba kuni telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Turkiya - Buyuk Britaniya munosabatlari bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi.

Erdo‘g‘an G‘azodagi insoniy vaziyatning kritik nuqtaga yetganini ifoda etgan holda bu holatning faqatgina tashvishga solishini bildirish yetarli emasligini bildirdi.

Isroilning otashkesimni yo‘lga qo‘yishi va muammoni iki davlat asosida hal qilinishi uchun mazmunli qadamlar tashlanishining ahamiyatini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, Turkiya Gazoga insonparvarlik yordami jonatishini davom etayotgani, mintaqada o‘q uzish toxtatilishi uchun o‘rtamchilik sa’y - harakatlarini qollab - quvvatlashi va sulh muzokaralariga hissa qoshayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us