TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Suriya poytaxti Damashqda
Hakan Fidan poytaxtda Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaa, Tashqi Ishlar vaziri Asaad Hassan al - Shayboniy va boshqa oliy darajali rasmiylar bilan uchrashdi.
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Suriya poytaxti Damashqda
7 август 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiya va Suriya ortasidagi hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlagan oliy darajali tashrif doirasida Suriya poytaxti Damashqqa yetib bordi.

Fidan poytaxtda Suriya Prezidenti Ahmad al - Sharaa, Tashqi Ishlar vaziri Asaad Hassan al - Shayboniy va boshqa oliy darajali rasmiylar bilan uchrashdi.

Ushbu tashrif, Assad rejimi qulashidan keyin boshlangan yangi davrdagi Anqara - Suriya munosabatlarini mustahkamlash uchun tashlangan farqli davr sifatida baholanmoqda.

Diplomatik manbalarga kora uchrashuvlarda oxirgi oylarda ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan yutuqlarni korib chiqish, xavfsizlik, qayta qurish hamda mintaqaviy barqarorlik kabi sohalarda hamkorlik qilish yollarini organish masalalari muhokama qilinadi.

Suriyani qayta qurish va terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borish

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Suriyani qayta qurish va iqtisodiy tiklanishdir. Bu borada Turkiya texnik va logistika sohasida yordam korsatishga va’da bergan.

Manbalarning ta’kidlashicha tomonlar terrorizmga qarshi kurashdagi hozirgi hamkorlikni, xususan, DEASh va PKK/YPG guruhlariga qarshi ko‘rilgan chora - tadbirlarni yuqori baholaydi. Ushbu guruhlar Anqaraning milliy xavfsizligiga togridan - togri tahdid deb hisoblanadi. Chunki ular Suriyaning shimoli - sharqida faoliyat yuritmoqda.

Har ikki tomon ham Suriya va mintaqa uchun beqarorlashtiruvchi omil hisoblangan Isroilning harbiy harakatlari va so‘zlariga e’tibor beruvchi uchrashuvda mintaqaviy dinamikalarni ham muhokama qiladi.

Uzoq muddatli xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash

Diplomatik manbalar ushbu davrni Turkiya bilan Suriyaning umumiy manfaatlarni qollab -quvvatlash yolidagi sa’y - harakatlarni muvofiqlashtirish jihatidan katta imkoniyat sifatida baholamoqda.

Rasmiylardan biri: “Turkiya eng avvlo bu imkoniyatlardan foydalangan holda Suriyaning tiklanishini qollab - quvvatlashi va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashi zarurdir”, - dedi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us