TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Suriya barqarorligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
Anqara bilan Damashq xavfsizlik sohasidagi hamkorligini muhokama qilar ekan Turkiya Suriya barqarorligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
Turkiya Suriya barqarorligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
5 август 2025

Anqara Suriyaning barcha qatlamini o‘z ichiga olgan boshqaruvini qo‘llab - quvvatlashda davom etishini bildirar ekan Suriya Ichki Ishlar vaziri Hattab bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qochqinlarning ixtiyoriy ravishda o‘z yurtiga qaytishlari bilan bog‘liq ta’lim, tajriba almashish va muvofiqlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Turkiya Respublikasi vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz Suriya Ichki Ishlar vaziri Enes Hattabni Anqaradagi Prezidentlik majmuasida mehmon qildi. Unda ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik va boshqaruv sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari qo‘lga olindi.

«Suriyada xavfsizlikning mustahkamlanishi, ichki tinchlik, iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlash uchun ham hayotiy ahamiyatga egadir» - degan Yilmaz mavzu haqida «X» platformasi orqali bergan bayonotida Turkiyaning Suriya barqarorligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab - quvvatlashini yana bir bor taʼkidladi.

Yilmaz, Anqara, Suriyaning institutsional salohiyatining rivojlanishi va barcha qatlamini o‘z ichiga olgan boshqaruvini qollab - quvvatlashga sodiqligini ta’kidlar ekan: «Tilagimiz keng ko‘lamli va qonuniy hukumat ostida suriyalik birodarlarimizning eng asosiy huquq va erkinliklardan teng foydalana olishiga imkon beruvchi muhit yaratishdir» - dedi.

Suriyaliklarning o‘z ixtiyori bilan xavfsiz ravishda o‘z yurtlariga qaytishi

Uchrashuvda Turkiya Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya ham ishtirok etdi. Yerlikaya, muzokaralar chogida ikki vazirlik ortasida, ayniqsa, ichki xavfsizlik sohasida hamkorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Yerlikaya mavzu haqida: «Suriya Ichki Ishlar vazirligi bilan xavfsizlik va unga qarashli boʻlinmalarga zarur yordam koʻrsatilishi, tajriba almashish va intensiv oʻquv dasturini taqdim etishni muhokama qildik» - dedi.

Rasmiylar, Turkiyada vaqtinchalik himoya ostida yashagan suriyaliklarning o‘z ixtiyori bilan, xavfsiz ravishda o‘z uylariga qaytishlarini ham muhokama qildi. Yerlikaya suriyalik hamkasbi Hattab va delegatsiyasiga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakda hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga umid bildirdi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us