«Shifo» kasalxonasi direktori Muhammad Abu Silmiyya payshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, G‘azoda jazirama issiq tufayli teri kasalliklari keng tarqaganini ma’lum qildi. Mahalliy OAVga gapirgan Abu Silmiyya, havo haroratining ko‘tarilishi va ichimlik suvi tanqisligi yuzasidan G‘azoda har yoshdagi inson salomatligi jiddiy xavf ostida ekanini ta’kidladi.
Abu Silmiyaning ta’kidlashicha, kasalxonalar yoqilg‘i tashish to‘xtatilgani sababli hayotiy tibbiy asbob - uskunalar bilan ishlashda qiynalmoqda. Bu holat, bemorlar va jarohatlanganlarning hayotini to‘g‘ridan - to‘g‘ri xavf ostiga solmoqda.
Ayni paytda tibbiy xodimlar og‘ir sharoitlarda xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Abu Silmiyaning ta’kidlashicha, kasalxonalar og‘ir ahvolda va hayot qutqaruvchi asbob -uskunalarni ishlatish imkonining yo‘qligi falokatga olib keladi. Silmiy Isroil armiyasi o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan insonlar jon saqlagan maktablar, kasalxonalar va chodirlarni nishonga olishni davom etayotganiga ham e’tibor qaratdi. G‘azodagi insoniy falokat kundan - kunga chuqurlashib bormoqda.
Isroil armiyasi xalqaro sulh borasidagi chaqiriqlarni rad etar ekan, 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda shafqatsiz urush olib bormoqda, Bu jarayonda 61,700 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi va G‘azoning Sog‘liqni saqlash tizimini vayron qildi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan Gʻazodagi urush va insoniyatga qarshi uyushtirgan jinoyatlari yuzasidan hibsga olish haqida buyruq bergandi.
Shuningdek, Isroil Gʻazoda davom etgan urushi uchun Xalqaro sudda genotsid ishi boʻyicha javobgarlikka tortilmoqda.