Bugun ertalab Pokistonning shimoli - g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan og‘ir yog‘ingarchilik oqibatida paydo bo‘lgan suv toshqinlari yoki sel falokati 15 kishi umriga, 17 kishi sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Rescue 1122 qutqaruv guruhining Xayber - Paxtunxva vakili mavzu haqida bergan bayonotida, og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan Bajaur mintaqasining Tehsil Salarzay qismida suv toshqinlari yuz bergani va oqibatida bir necha uy suv ostida qolganini bildirdi.
Bayonotda aytilishicha hozirgacha 8 kishi halok bo‘lar ekan, 4 kishi tan jarohati olgan. Eng yomoni, 17 kishi bedarak yo‘qolgan.
Rescue 1122 mintaqa vakili Amjid Khan, «Tan jarohati olganlar mahalliy shifoxonalarga yetkazib borilar ekan, bedarak yo‘qolganlarni topish uchun amaliyot davom etmoqda», - dedi.
Bundan tashqari, Quyi Dir mintaqasining Sori Pav qismida og‘ir yog‘ingarchilik ortidan bir uyning qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi esa tan jarohati oldi.
Boshqa bir hodisada esa Xayber - Paxtunxvaning Mansehra tumanida bir avtomobilning sel suvlarida oqib ketishi 2 kishi umriga, 1 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Mamlakatda yangi qayd etilgan qurbonlar soni bilan joriy yilning 26 - iyunidan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar sonini 328 nafarga yetkazdi. Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 740 nafardan ortiq inson ham tan jarohati oldi.
O‘limlarning ko‘pchiligi musson yomg‘irlaridan eng ko‘p ziyon ko‘rgan sharqdagi Panjob viloyatida qayd etildi.
Kuchli yomg‘irlar Xayber - Paxtunxva va Gigit Balatiston viloyatining turli nuqtalarida ko‘chkilarni ham paydo qilar ekan, rasmiylar turli hududlarda qamalib qolganlarni evakuatsiya qilishga harakat qilmoqda.
Iyundan sentabrga qadar davom etgan musson yomg‘irlari Janubiy Osiyoda, jumladan Pokistonda ham tez - tez vayronagarchilikka yo‘l ochmoqda ammo iqlim o‘zgarishi oxirgi yillarda bu yog‘ingarchilik shiddatini yana - da orttirdi.