Fors axborot agentligi tomonidan shanba kuni berilgan bayonotga ko‘ra Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, o‘tgan oyda Eronning Oliy Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini nishonga olgan Isroil hujumida oyog‘idan yengil tan jarohati oldi.
Xabarga ko‘ra raketa hujumi, 17 - iyun kuni Eronning oliy darajali rasmiylari Tehron g‘arbida joylashgan bir binoning xavfsiz pastki qavatida yig‘ilish o‘tkazayotgan bir paytda qayd etilgan.
Hujumda binoning kirish va chiqish joylariga oltita raketa kelib tushgan. Qiziqarli tomoni shundaki, mazkur usul Hizbulloh rahbari Hasan Nasrullohga qarshi uyushtirilgan suiqasd tashabbuslariga o‘xshaydi.
Bayonotda, rasmiylar oldindan rejalashtirilgan favqulodda chiqish yo‘lagi orqali evakuatsiya qilingani ifoda etilar ekan Pezeshkiyonning evakuatsiya paytida jarohat olgani ammo xavfsiz chiqib ketishga ulgurgani qayd etildi.
Shuningdek, xabarda, Eron rasmiylari hujum aniq amalga oshirilganini hisobga olgan holda ichkaridan ma’lumot sizdirilishi mumkinligidan gumon qilayotgani bildirildi.
Davlat terrorizmining ochiq - oydin namunasi
Fors axborot agentligi eronlik rasmiylarning AQSh Prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kabi shaxslar haqida bergan diniy hukmlarning keskin qoralanishiga qarshi «davlat terrorizmining ochiq - oydin namunasi» hisoblangan bu hujumning G‘arb va Isrol ommaviy axborot vositasi tomonidan ko‘rmazlikka olinishini tanqid qildi.
Eslatib o‘tamiz joriy yilning 13 - iyuni kuni Tel - Aviv Eronning harbiy, yadroviy va fuqarolik obyektlariga qarshi havodan hujum uyushtira boshladi va ortidan Isroil bilan Eron o‘rtasida qurolli to‘qnashuv qayd etildi. Mazkur voqea 12 kun davom etar ekan, Eron Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra voqeada kamida 606 kishi halok bo‘ldi, 5332 kishi esa tan jarohati oldi.
Tehron bunga javob tariqasida Isroilga raketa va insonsiz havo transporti orqali hujumlar uyushtirdi. Quddusdagi Ibroniy universiteti ma’lumotiga ko‘ra mazkur hujumda kamida 29 kishi halok bo‘lar ekan, 3400 kishi tan jarohati olgan.
To‘qnashuv, 24 - iyun kuni AQShning qo‘llab - quvvatlashi bilan tuzilgan sulh kuchga kirishi bilan to‘xtadi.