Misr Sog‘likni Saqlash vazirligi mamlakat shimolidagi Matruh viloyatida yo‘lovchi bir poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida uch kishi halok bo‘lgani, 103 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Milliy Temiryo‘llar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shanba kuni Marsa Matruh sohil shahridan Qohiraga yo‘l olgan poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketishi va ulardan ikkitasining ag‘darilib ketishi oqibatida yuzaga kelgan.
Qutqaruv jamoalari voqea joyiga yuborilib, vayronalarni tozalash va temiryo‘l xizmatini tiklash ishlari olib borildi.
Transport vazirligi hodisa sabablarini o‘rganish uchun tergov o‘tkazishni buyurdi va aybdorlar aniqlansa, ularga eng og‘ir jazo qo‘llanilishini va’da qildi.
Sog‘liqni Saqlash vazirligi jarohatlar orasida suyak sinishlari, tirnalishlar, kesilishlar va ko‘karishlar borligini ma’lum qildi. Shuningdek, 87 nafar jarohatlangan shaxs kasalxonalarda tibbiy yordam olgach, uylariga javob berilganini qo‘shimcha qildi.
Matruh va qo‘shni viloyatlardagi kasalxonalar yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgani, jarohatlanganlarni qabul qilayotgan tibbiy muassasalarga yordam ko‘rsatish uchun tibbiy jamoalar yuborilgan.
Hokimiyat tergov davom etar ekan, qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini bildirdi.
So‘nggi yillarda Misr Yaqin Sharqdagi eng qadimiy temiryo‘l tarmoqlaridan biri bo‘lgan tizimini yaxshilash uchun milliardlab dollar mablag‘ sarfladi.