DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari falastinliklarni ommaviy ravishda ko‘chishga majbur qilmoqda
Isroilning havo hujumlari, artilleriya o‘qlari va portlovchi o‘rnatilgan robotlar orqali uyushtirgan hujumlari avj oldi va oqibati falastinliklarni ommaviy ravishda ko‘chishga majbur qilmoqda.
Isroil hujumlari falastinliklarni ommaviy ravishda ko‘chishga majbur qilmoqda
30 август 2025

Falastinliklarni G‘azo shahrining shimoli - sharqidan majburiy va ommaviy ravishda ko‘chirish ishlari boshlandi. Isroil kuchlari shimol va janubdan hujumlarini kuchaytirgan holda mahallalarni havo hujumlari, artilleriya o‘qlari va portlovchi moddalar o‘rnatilgan robotlar orqali bombardimon qilmoqda.

Falastin xavfsizlik manbasining Anado‘lu agentligi (AA) ga aytishicha, G‘azo shahrining sharqiy tumanlaridagi vaziyat jadal tusda yomonlashgan va bu holat vayronagarchilik qay darajaga kelgani bilan bog‘liqdir.

Xuddi shu manba Isroil armiyasi janubiy va shimoli - sharqiy tumanlarda vayronagarchiliklarni kuchaytirayotganini ifoda etdi. Anado‘lu agentligi (AA) muxbirining xabar berishicha, aholi G‘azo shahrining g‘arbi yoki undan ham janubga qochmoqda.

Janubdagi al - Sabra mahallasi ham o‘qqa tutilgani aytilmoqda.

Juma kuni G‘azo shahrini «xavfli urush hududi» deb e’lon qilgan Isroil, genotsid boshlanganidan beri eng kuchli bombardimonlardan biriga qo‘l urdi. Hujumlar bir vaqtning o‘zida havo, quruqlik va dengiz orqali amalga oshirildi.

Falastin turar - joy punktining eng yirik shahar markazi hisoblangan G‘azoda qariyb 1 million nafar falastinlik haligacha chorasiz.

Bu hujumlar Isroil tomonidan shu oy boshida tasdiqlangan va G‘azoni bosqichma - bosqich bosib olishni ko‘zlagan rejaning bir qismidir. Rejani yo‘lga qo‘yish ishlarining G‘azodan boshlashi kutilmoqda. Bu shaharda, mintaqa aholisining deyarli yarmi istiqomat qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA), bu hujumlar taxminan yana 1 million nafar insonni o‘z uy - joyidan ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us