Hindiston boshqaruvidagi Kashmirning Reasi va Ramban tumanlarida yuz bergan ko‘chki va kutilmaganda yuz bergan sel falokati oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lar ekan, 2 kishi bedarak yo‘qoldi.
Politsiya xodimlari vakillaridan biri tomonidan Anado‘lu axborot agentligi (AA) ga telefon orqali berilgan ma’lumotda, Reasi tumanidagi Bhaddar qishlog‘ida bugun ertalab qayd etilgan ko‘chki bir uyni bosib golgani va oqibatida nomi tilga olingan oilaning 7 nafar a’zosining hamamsi halok bo‘lgani aytildi.
Yuqorida nomi tilga olingan vakil mavzu haqida shuningdek: «Bu juda achinarli voqea; bir oilaning barcha a’zosi halok bo‘ldi va ularning jasadlari topildi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Hududga qutqaruv va yordam berish ishlarini olib borish uchun politsiya xodimlari bilan Davlat Favqulodda vaziyatlarga javob berish kuchlari jalb etilgan.
Ramban tumanida esa boshqa bir voqea yuz berdi. Ya’ni, kutilmaganda sel falokatiga yo‘l ochgan og‘ir yog‘ingarchilik 4 kishining umriga, 2 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Ramban tumani rasmiylaridan Muhammad Alyas Anadolu axborot agentligi (AA) ga telefon orqali bergan bayonotida: «Yo‘qolgan shaxslarni qidirish ishlari davom etmoqda», - dedi
So‘nggi bir necha hafta davomida mintaqada qayd etilgan og‘ir yog‘ingarchilik buyuk vayronaga yo‘l ochdi va halok bo‘lganlar soni 80 nafardan, bedarak yo‘qolganlar soni esa 30 nafardan oshdi.
Voqeadan o‘nlab bino ziyon ko‘rar ekan, asosiy yo‘l aloqalari uzilib, pastlikdagi bir necha hudud kutilmaganda sel tufayli suv ostida qoldi.
Mintaqa aholisi ko‘chki va sel falokatlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirilmoqda.