Turkiya yangi asosiy jangovar tanki «Altay»ni seriyaviy ishlab chiqarilish faoliyatini rasmiy ravishda boshladi. Ushbu ishlab chiqarish ishlari mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi BMCning Anqaradagi zavodida amalga oshirilmoqda va bu mamlakatning mudofaa sohasidagi maqsadlari yo‘lida muhim shaxdam qadam hisoblanadi.
BMC Boshqaruv kengashi raisi Fuat To‘syali juma kuni mavzu haqida bergan bayonotda, bu loyiha Turkiyaning 100 yillik orzu - umidini amalga oshirganini ta’kidlagan holda: «Fabrikamiz o‘tgan yili asos solinishi ortidan seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshladi. Bu ishlab chiqarish faoliyatlarining Turk Qurolli kuchlari va ittifoqchi davlatlarning mudofaa sanoati ehtiyojlarini qondirishiga ishonchimiz komil», - dedi.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan «Altay» tanki BMCning qanoti sifatida BMC Power tomonidan ishlab chiqarilgan BATU dvigateli bilan ishlamoqda.
Anqaradagi ishlab chiqarish zavodi, korpus yoki gavda ishlab chiqarishdan tortib oxirgi yig‘ish ishlariga qadar barcha bosqichlarni sanoat robotlari va ilg‘or ishlab chiqarish texnikalari yordamida amalga oshirmoqda.
Hech qanday muammo kuzatilmasligi kerak
To‘syali kamida 400, eng ko‘p 1 500 ta ot kuchiga ega bo‘lgan BATU quvvat tizimi foydalanishdan oldin ayrim sinovlarni tamomlashi kerakligini ifoda etdi.
To‘syali: «Quvvat tizimi 10 000 kilometr ishlashi va maxsus ishlash sinovlaridan o‘tishi kerak. Hozircha hech qanday muammo kuzatilmagan va barcha komponentlar, jumladan havo va mudofaa tizimlari tank bilan birgalikda sinovdan o‘tkazilmoqda» - dedi.
«Altay»dan tashqari, yuqorida nomi tilga olingan zavodda BMCning yangi avlod sakkiz qildirakli zirhli jangovar transport vositasi «Altug‘»ni ham ishlab chiqaradi.
Turkiya Mudofaa Sanoati agentligi (SSB) raisi Haluk Go‘rgun loyiha ortidagi hamkorlikni yuqori baholadi va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ushbu jarayonni yaqindan kuzatib borayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Go‘rgun: «O‘tgan yili sinov uchun taqdim etilgan tanklar o‘z qobiliyatlarini to‘liq va muvaffaqiyatli ravishda namoyish eta oldi. Endi fabrikamiz tamomlandi, biz tanklarimizni to‘g‘ridan - to‘g‘ri kuchlarimizga yetkazib beramiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.