DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp Ukrainaga «Patriot» zenit - raketa tizimlari yuborilishini ma'qulladi
AQSh Prezidenti Tramp Ukrainaga yuboriladigan uzoq masofadagi «Patriot» zenit - raketa tizimlarining to‘lovini Yevropa ittifoqi to‘lashini, AQSh esa faqatgina jo‘natib berishini ma’lum qildi.
Tramp Ukrainaga «Patriot» zenit - raketa tizimlari yuborilishini ma'qulladi
9 соат олдин

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga «Patriot» zenit - raketa tizimlarining yuborilishi haqida gapirar ekan, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putindan norozi ekanini ifoda etdi.

Yakshanba kuni Merilendagi Endryus qo‘shma bazasida jurnalistlarga bayonot bergan Tramp: «Yevropa ittifoqi buning to‘lovini amalga oshiradi. Biz hech narsa toʻlamaymiz lekin ularni joʻnatib beramiz. Bu biz uchun faqatgina tijoratdir va ular uchun zarur boʻlgan uzoq masofali Patriot zenit – raketa tizimlarini joʻnatamiz», - dedi. Tramp o‘z so‘zida, nomi tilga olingan «Patriot» zenit – raketa tizimlari soni haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

AQSh Prezidenti Rossiya Davlat rahbari Putinning pozitsiyasini tanqid qilib: «Putin haqiqatan ham ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. U yaxshi gapiradi lekin kechqurun hammani bombardimon qiladi. Lekin bitta kichik muammo bor, ya’ni, bu holat menga yoqmadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tramp NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan bir uchrashuv o‘tkazishini bildirdi. Rutte dushanba kuni Vashingtonga bo‘lgan ikki kunlik rasmiy tashrifini boshlaydi va shu doirada AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Xegset va Kongress a’zolari bilan uchrashadi.

Dushanba kuni Rossiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yiluvchi sanksiyalarni eʼlon qilib – qilmasligi haqidagi savolga Tramp: «Nima boʻlishini ertaga koʻramiz», - dedi.

Senatorlardan Lindsi Grem bilan Richard Blyumental joriy yilning 1 - apreli kuni Rossiyadan neft, gaz, uranyum va boshqa mahsulotlarni sotib oluvchi mamlakatlarga importda 500 foizlik boj joriy etishni nazarda tutuvchi «2025 - yili Rossiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yiluvchi sanksiyalar» to‘g‘risidagi qonunni taqdim etgandi.

O‘tgan payshanba kuni Tramp dushanba kuni Rossiya haqida muhim bayonot berishini ifoda etgan ammo mavzu tafsilotlariga to‘xtalmagandi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us