DUNYO
1 daqiqa o'qish
Kolumbiyadagi hujumda 13 kishi halok boʻldi
Kali shahrida harbiy transportlardan biri nishonga olinar ekan, Antioquiada portlaguvchi modda yuklangan insonsiz havo transporti tushirildi.
Kolumbiyadagi hujumda 13 kishi halok boʻldi
22 август 2025

Kolumbiyada uyushtirilgan ikki yirik hujumda kamida 13 kishi halok bo‘lar ekan, o‘nlab inson tan jarohati oldi.

G‘arbdagi Kali shahrida joylashgan «Marko Fidel Suarez» nomidagi harbiy aviatsiya maktabiga qarshi bombali hujum uyushtirildi.

Kali meri Alexandro Eder portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgani va 36 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Eder, har ehtimolga qarshi shu va shunga oʻxshash voqealardan ehtiyot boʻlish niyatida shaharga katta yuk tashuvchi mashinalarning kirishini taqiqladi.

Bu hujum joriy yilning 10 - iyuni kuni shaharda uyushtirilgan va 7 kishining umriga zomin boʻlgan, 50 nafardan ortiq inson tan jarohati olgan bombali hujumlar ortidan qayd etildi.

Kalidagi hujum paytida shimoldagi Antiokiya departamentida ham hujum uyushtirildi. Unda, portlovchi modda yuklangan insonsiz havo transporti orqali zarba berilgan politsiya xodimlariga oid vertolyot qulatilgan.

Prezident Gustavo Petro «X» platformasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, hodisa oqibatida kamida 8 nafar politsiya xodimi jon bergani va 8 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us