DUNYO
1 daqiqa o'qish
Suriya shimolida DEASh yetakchilaridan biri oʻldirildi
AQSh Qurolli kuchlarining markaziy qoʻmondonligi, mintaqada, DEASh a'zolarini nishonga olishda qarorli.
Suriya shimolida DEASh yetakchilaridan biri oʻldirildi
18 соат олдин

Amerika Qoʻshma Shtatlari Qurolli kuchlarining markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM), juma kuni bergan bayonotida, oʻz kuchlari Suriya shimolidagi Atimax mintaqasida bosqin uyushtirganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, unda, tashkilotning asosiy moliyachisi hisoblangan DEASh yetakchilaridan biri oʻldirilgan.

Joriy yilning 19 - avgusti kuni bo‘lib o‘tgan bosqin paytida o‘ldirilgan terrorchining, mintaqadagi DEASh tarmog‘i bilan aloqasi borligi va AQSh bilan koalitsiya kuchlari hamda yangi Suriya hukumatiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xavf tug‘dirgani bildirildi.

CENTCOM qoʻmondoni admiral Bred Kuper mavzu haqida bergan bayonotida: «Mintaqada DEASh terrorchilarini kuzatishni davom etamiz» - dedi.

Kuper, shuningdek, «Hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birgalikda CENTCOM sifatida DEAShni butunlay magʻlub qilish va AQSh onavatanini himoya qilishda qarorlimiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us