Isroil tomonidan G‘azoning qamal ostiga olinishining 103 - kunida G‘azo hukumati Matbuot xizmati, 2023 - yilning oktabr oyidan beri mintaqada ochlik yuzasidan kamida 67 nafar yosh bola vafot etganini ma’lum qildi.
Matbuot xizmati kecha, shanba kuni bergan bayontida, bu raqam keskin oshishi mumkinligini ta’kidladi. Hozirda 5 yoshgacha bo‘lgan 650 ming nafardan ortiq yosh bola oziq - ovqat, dori - darmon va yoqilg‘i yetishmovchiligi sababli jiddiy xavf ostida ekanini qayd etdi.
«Bugungi kunda bombalar o‘ldira oldira olmaganlarni ochlik o‘ldirmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berilgan bayonotda; Isroil qamali, zamona tarixining eng og‘ir jamoaviy jazosi ekaniga e’tibor qaratildi.
Yana matbuot xizmati Isroil kuchlarining un, bolalar ovqati va hayotiy oziq - ovqat bilan tibbiy ashyolarning olib kirilishiga monelik qilishi bilan faqatgina oxirgi 3 kunning o‘zida o‘nlab inson jon berganini qayd etdi.
Hayot - mamot masalasi
Bayonotda, Isroil qasddan ommaviy ochlik siyosati olib borayotgani iddao etildi.
Matbuot xizmati shuningdek, hozirda G‘azoda taxminan 1,25 million nafar inson ochlikdan azob chekayotgani va ularning 96 foizi o‘tkir oziq - ovqat xavfsizligi muammosiga qarshi kurash olib borayotganini ifoda etdi. Eng yomoni, ochlikdan azob chekayotganlarning 1 million nafardan ko‘pi yosh bola ekani aytilmoqda.
Bayonotda Isroil qasddan ochlikka ma’ruz qoldirishdan to‘liq mas’ul tutilishi qayd etilar ekan, Isroilni xalqaro miqyosda qo‘llab - quvvatlaganlar ham bu holatga bergan yordamlari yoki uni jimjirt tomosha qilib otirishi jihatidan huquqiy va ahloqiy olaroq ayblandi.
Unda shuningdek: «Biz ogohlantiryapmiz. Bu holat, dunyo ko‘zi oldida sodir bo‘layotgan ommaviy o‘lim jazosidir. Shunday ekan, zudlik bilan bunga xalqaro miqyosda monelik qilinishi zarur. Chunki bu - hayot - mamot masalasidir», - degan ifodalarga o‘rin berildi.