DUNYO
2 daqiqa o'qish
BMT G‘azodagi ochlikni «qasddan uyushtirilgan falokat» deb baholadi
Isroil Bosh vaziri Netanyaxu, Isroil kuchlarining falastinliklarni ochlikka mahkum qilganini isbotlagan kuchli dalillarga qaramay Gʻazodagi ochlikni rad etmoqda.
BMT G‘azodagi ochlikni «qasddan uyushtirilgan falokat» deb baholadi
30 август 2025

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres, Falastinning Gʻazo shahrida taranglik avj olishi tufayli insonparvarlik yordamiga erishish imkonini qulaylashtirishga chaqirdi.

Payshanba kuni Nyu - Yorkda bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi oldidan gapirgan Guterresning aytishicha, bosib oluvchi kuch sifatida Isroilnnig tinch aholini himoya qilish, insonparvarlik yordamiga erishishni qulaylashtirish va ularning asosiy ehtiyojlarini qondirish majburiyati borligini ta’kidladi.

Guterres oʻz soʻzida oziq - ovqat, suv va sog‘liqni saqlash tizimlarining izchil buzilishi «asosiy insoniy qadriyatlarni e’tiborga olmagan va qasddan qabul qilingan qarorlar natijasi» ekanini ifoda etdi.

Ocharchilik e’lon qilinishi, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Falastinning G‘azo shahriga qarshi genotsid urushi olib borayotgan Isroil ustidagi xalqaro bosimni oshirdi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Hamas qabul qilgan otashkesim haqidagi taklifni kechiktirar ekan, Isroil Gʻazo shahrini bosib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Oziq - ovqat xavfsizligi bosqichlarining integratsiyalashgan tasnifi (IPC), G‘azoda ocharchilik borligini e’lon qildi. Ammo Isroil bu qarorni rad etib, IPCdan mazkur qarorini rasmiy ravishda yoʻqqa chiqarishini talab qildi.

Yordam tashkilotlari 22 oydan beri davom etgan urush, joriy yil boshida yoʻlga qoʻyilgan blokada va oziq - ovqat ishlab chiqarish faoliyatining toʻxtashi tufayli Isroilning Gʻazoga olib kirilishiga ruxsat bergan oziq - ovqat va boshqa mahsulotlar yetarli emasligini qayd etmoqda.

Payshanba kuni Jahon oziq - ovqat dasturi ijrochi direktori Cindy McCain, G‘azoga uyushtirgan tashrifi davomida Falastin hududida oziq - ovqat yetishmovchiligi yaqqol namoyon ekanini ta’kidladi.

Oziq - ovqat inqirozlari bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkiloti o‘tgan hafta G‘azoning eng yirik shahri ocharchilikka qarshi kurash olib borayotgani va agar otashkesim yoʻlga qoʻyilib, insonparvarlik yordamiga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanmagudek boʻlsa unda vaziyat butun hududga yoyilishi mumkinlgini ifoda etdi.

Cindy McCain, «G‘azoda ochlikdan azob chekayotgan ona - bolalar bilan shaxsan uchrashdim. Bu rost va hozirning o‘zida bo‘layotgan voqea», - dedi.

Isroil, yuz minglab falastinlik jon saqlagan G‘azo shahrini bosib olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us