Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ukraina hududiga chet el qo‘shinlari joylashtirilgudek bo‘lsa, unda ular Moskva tomonidan qonuniy nishon sifatida ko‘rilishi mumkinligini qayd etdi biroq tinchlik kelishuvi imzolansa, bunday kuchlarga ehtiyoj qolmasligini taʼkidladi.
Vladimir Putin juma kuni Vladivostokda boʻlib oʻtgan Sharqiy Iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida Kiyevga harbiy yordam koʻrsatib, sulhdan keyin qoʻshin yuborishni vaʼda qilgan davlatlar ishtirokidagi ixtiyoriylar koalitsiyasining payshanba kuni Parijda o‘tkazilgan yig‘ilishi haqida fikr bildirdi.
«Ukrainaga g‘arblik harbiylar joylashtirilgudek bo‘lsa, rus armiyasi uni qonuniy nishon sifatida baholaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Putin: «Uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan kelishuvlar imzolansa, unda ularning Ukraina hududida boʻlishining hech qanday maʼnosi yoʻq. Hammasi shu. Agar kelishuvlarga erishilgudek bo‘lsa, Rossiya unga to‘liq amal qiladi. Bundan hech kimning shubhasi bo‘lmasin», - dedi.
Yevropa ittifoqi boshchiligidagi xavfsizlik kafolatlari rejasi
Ushbu bayonotlar Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning 26 davlat Ukrainaga urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga vaʼda berganini eʼlon qilishi ortidan qayd etildi. Bu kafolatlar quruqlikda, dengizda va havoda faoliyat yurituvchi xalqaro kuchlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Rossiya NATOning kengayish ehtimoli va Kiyevning uning tarkibiga qo‘shilish istagini 2022 - yilning fevral oyida Ukrainaga qarshi keng koʻlamli boshlatilgan hujumning asosiy sabablari sifatida koʻrsatib kelmoqda.
Putin tinchlikka erishilsa, hech qanday chet el harbiylariga ehtiyoj boʻlmasligini taʼkidladi.
«Agar uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan qarorlar qabul qilingudek bo‘lsa, u holda ularning Ukraina hududida boʻlishining hech qanday maʼnosi yoʻq, tamom» - dedi u.
Zelenskiy bilan toʻgʻridan - toʻgʻri muzokaralar
Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni toʻgʻridan - toʻgʻri muzokaralarga taklif qilganini yana bir bor eslatib oʻtdi va bunday uchrashuv uchun Moskva «eng yaxshi joy» ekaniga e’tibor qaratdi.
«Agar kimdir biz bilan uchrashishni chin dildan xohlasa, biz tayyormiz. Buning uchun eng yaxshi joy Rossiya Federatsiyasining poytaxti, qahramon shahar Moskvadir», - dedi Putin
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Kiyev ilgari Rossiya bilan aloqa oʻrnatishni rad etgan, ammo hozirda muloqotga intilmoqda.
U har qanday Ukraina delegatsiyasining xavfsizligini «yuz foiz» kafolatlashini vaʼda qildi, biroq Ukrainadan uchrashuv joyini oʻzgartirish haqidagi talablarini «ortiqcha» deb baholadi.
Ushbu bayonotlardan Rossiyaning Gʻarbning Ukrainadagi o‘rniga qarshi davom etayotgan tahdidlar va urushning uchinchi yilida muzokaralarga tayyorligini koʻrsatish harakatini kuzatish mumkin.