SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Finlandiya Falastin masalasini ikki davlat asosida hal qilish yoʻlini qo‘llaydi
Finlandiya Isroil bilan Falastin uchun muammoni ikki davlat asosida hal qilish yo‘llarini qo'llab - quvvatlash deklaratsiyasiga qo‘shilmoqchi.
Finlandiya Falastin masalasini ikki davlat asosida hal qilish yoʻlini qo‘llaydi
11 соат олдин

Finlandiya Falastin masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish va muammoni ikki davlat asosida yechish ishlarini amalga oshirishga chaqiruvchi deklaratsiyaga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Finlandiya Tashqi Ishlar vaziri Elina Valtonen juma kuni «X» platformasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Fransiya bilan Saudiya Arabistoni tomonidan olib borilayotgan jarayon, uzoq yillardan beri muammoni ikki davlat asosida hal qilish uchun munosib shart - sharoit yaratish yo‘lidagi eng muhim xalqaro sa’y - harakatlardandir», - dedi.

Bu deklaratsiya Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan iyul oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘nlab yillar davom etgan mojaroni hal qilish maqsadida tashkil etilgan xalqaro konferensiya natijasidir. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil tadbirni boykot qildi.

Deklaratsiyada ko‘rsatilgan birinchi qadam, Isroil bilan G‘azodagi Falastin qarshilik harakati Hamas guruhi o‘rtasida deyarli ikki yil davom etgan urushni to‘xtatishni ko‘zlagan.

Saudiya Arabistoni bilan Fransiya kabi Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi davlatlarning ikki davlat asosidagi yechimni hayotga tatbiq qilishi va ularni: «Aniq, vaqt cheklovi bor va qaytarib bo‘lmaydigan qadamlarini» ko‘rsatuvchi deklaratsiyani qo‘llab - quvvatlashga chaqirdi.

Ispaniya va Norvegiya kabi ayrim Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Finlandiya Falastinni davlat sifatida tan olmaydi. Rasmiy tan olish masalasida Finlandiya koalitsion hukumati ham ichki jihatdan ikkiga bo‘lingan vaziyatda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us