TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiyaning G‘azoga yuborgan yordami 100 ming tonnadan oshdi
Isroil qamali ostidagi G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish murakkab bo‘lishiga qaramay Turkiya nomi tilga olingan mintaqa xalqini yolg‘iz qo‘ymaslikda qarorli.
Turkiyaning G‘azoga yuborgan yordami 100 ming tonnadan oshdi
бир кун олдин

Turkiya Isroil qamali ostidagi Gazoga yuborilgan insonparvarlik yordami haqida batafsil ma’lumot berdi. Shunga ko‘ra Turkiya G‘azoga Isroil hujumi boshlangan 2023 - yilning oktabr oyidan beri 16 ta kema va 14 ta samolyot orqali insonparvarlik yordami yuborgan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan 19 – avgust 2025 – yil berilgan bayonotda, bu sa’y – harakatlar Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida davom etgani bildirildi. Mavzu haqida shuningdek, Turkiya har bir xalqaro platformada Gazoning ovozi bolishga intilayotgani va qamal ostidagi tinch aholiga shoshilinch ravishda insonvarvarlik yordami yuborish ishlari bundan buyon ham davom etishi ta’kidlandi.

Anchadan beri qamal ostida bo‘lgan G‘azo xalqi 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Isroilning bombardimonlari tufayli kundan - kunga avj olgan ochlik va qashshoqlikka ma’ruz qolmoqda.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi Turkiya, ochlik va qashshoqlik ichida olimga tark etilgan Gazoning begunoh xalqini yolg‘iz qo‘ymaslik uchun hormay – tolmay mehnat qilayotgani ifoda etdi.

Turkiya urush boshlangan birinchi kundan beri G‘azoga 101 ming tonnadan ortiq yordam ashyosi va 15 million dollar miqdorida naqd pul yordami yubordi.

Turkiyaning yordamlari davom etmoqda

Yuborilgan insonparvarlik yordamlari orasida ko‘plab oziq - ovqat, un, ichimlik suvi, kiyim -kechak va bolalar uchun oyinchoqlar o‘rin oldi.

Turkiya tibbiy jihatdan G‘azoga 8 ta dala shifoxonasi, 53 ta tez yordam mashinasi va taxminan 250 tonna tibbiy buyum yuborar ekan 430 nafar bemor bilan 450 nafar bemor hamrohini davolash uchun Turkiyaga olib keldi.

Qoshimcha yordam sifatida yuz minglab gigiena ashyolari, minglab chodirlar va uxlash uchun mo‘ljallangan qopchalar, 1400 dan ortiq generatorlar, mobil oshxonalar va texnik yordamlarni aytish mumkin.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi Isroil qamali ostidagi Gazoga yetkazib berish murakkab bo‘lishiga qaramay Turkiya har qanday yordamni berishni davom etishini ta’kidladi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us