Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an shanba kuni bergan bayonotida, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Alyaskada o‘tkazgan uchrashuvi Rossiya - Ukraina urushini tugatish uchun yangi imkoniyatlar tug‘dirishi mumkinligini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali: «AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Alyaskada o‘tkazgan uchrashuvlari Rossiya - Ukraina urushini tugatish uchun yangi imkoniyatlar tug‘dirishi mumkin», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek: «Alyaska sammitini xursandchilik bilan qarshi olib, bu yangi jarayon, Ukraina Prezidenti Zelesnkiyning ham ishtirokida butunlay tinchlik o‘rnashiga asos yaratishini tilab qolamiz. Turkiya tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shish uchun har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyordir», - dedi.