Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Marmara yer silkinishining 26 - yilligida, voqea qurbonlarini yodga oldi.
Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida: «1999 - yilning 17 - avgusti kuni yuz bergan Marmara yer silkinishida vafot etgan yurtdoshlarimizning azob - uqubatlarini haligacha qalbimizda his qilyapmiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Unda shuningdek: «Vafot etgan birodarlarimizga Allohdan rahmat tilab, bu buyuk azob -uqubatning 26 - yilligida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning oilalari va yaqinlariga yana bir bor hamdardlik bildiramiz», - dedi.
Eslatib o‘tamiz:
Bundan roppa - rosa 26 yil muqaddam, 1999 - yilning 17 - avgusti kuni mahalliy vaqt bilan kechasi soat 03:02 da Turkiyaning yirik shahri Istanbulda 7.4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.