TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Rossiya-Ukraina sulhini qo‘llab-quvvatlaydi
Jevdet Yilmaz Rossiya-Ukraina urushida Turkiya har sohada yetakchi rol o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Turkiya Rossiya-Ukraina sulhini qo‘llab-quvvatlaydi
бир кун олдин

Turkiya Vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz Ixtiyoriy Liderlar koalitsiyasi sammiti ortidan Rossiya - Ukraina urushida Turkiya har sohada yetakchi rol o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Yilmaz chorshanba kuni Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmoq platformasidagi postida, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning vakili sifatida to‘rt marta ishtirok etgan Ixtiyoriy Liderlar koalitsiyasi sammitida bugun beshinchi bor onlayn tarzda qatnashgani ma’lum qildi.

Yilmaz o‘z bayonotida, «Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mezbonlik qilgan gibrid formatdagi yig‘ilishda AQSh Prezidenti Trampning tashabbusi ortidan Ukrainada adolatli va doimiy tinchlikka erishish uchun diplomatik sa’y - harakatlar muhokama qilindi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda, «Turkiya sifatida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish, tomonlar o‘rtasida diplomatiya va dialog ustuvorligini ta’minlash uchun har sohada yetakchi rol o‘ynashga tayyorligimizni takrorlaymiz. Adolatli va doimiy tinchlikka erishilgunga qadar diplomatik jarayonga barcha manbalarimiz bilan hissa qo‘shishni davom ettiramiz», - deyildi.

O‘tgan oy Alyaskada Tramp va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasida Ukraina inqirozi bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitdan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish, Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida sammitni tashkil etish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.

Ham Rossiya, ham Ukraina bilan doʻstona aloqalarga ega boʻlgan Turkiya 2022 - yilning fevral oyida boshlangan urushni tugatish harakatlarida oʻziga xos va faol rol oʻynadi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us