DUNYO
2 daqiqa o'qish
Pokistondagi portlash 2 nafar politsiya xodimi umriga zomin bo‘ldi
Pokistonda yo‘l chetiga oldindan joylashtirib qo‘yilgan bombaning portlashi oqibatida 2 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.
Pokistondagi portlash 2 nafar politsiya xodimi umriga zomin bo‘ldi
7 август 2025

Kecha chorshanba kuni Pokistonning shimoli - g‘arbiy hududida, Afg‘oniston chegarasiga yaqin nuqtada sobiq Pokiston Toliboni nazorati ostidagi qal’ada politsiya xodimlari mingan bir mashina yo‘l chetiga joylashtirib qo‘yilgan kuchli bombaga urinib oldi. Oqibatida kamida 2 nafar politsiya xodimi halok bo‘lar ekan, yo‘ldan o‘tayotgan 14 kishi tan jarohati oldi.

Mahalliy politsiya xodimlari rahbari Adam Handan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum, Xaybar - Paxtunxva viloyatining Janubiy Vaziriston tumanidagi Vana shahrida sodir bo‘lgan.

Oxirgi haftalarda Pokistonda terror bilan aloqali shiddat voqealari kuchayib borar ekan, bu holat ko‘plab xavfsizlik xodimlarining hayotiga zomin bo‘lmoqda.

Pokiston, shimoli - g‘arbiy hududda joylashgan Bajurda harbiy amaliyot o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Avvalgi yillarda shunga o‘xshash amaliyotlar minglab insonning o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lishiga yo‘l ochdi.

Politsiyani nishonga olgan hujumlarni hali hanuz hech kim o‘z bo‘yniga olmas ekan, Pokiston Toliboni yoki Pokistonning Tehrik - e Tolibon (TTP) guruhidan shubha qilinmoqda. Chunki nomi tilga olingan guruh tez - tez xavfsizlik kuchlarini nishonga olmoqda.

Pokistonning Tehrik - e Tolibon (TTP) guruhi Afg‘oniston Toliboni bilan yaqindan hamkorlik qilgan bo‘lib, ular 2021 - yilning avgust oyida AQSh va NATO kuchlarining 20 yillik urushdan keyin Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan qo‘shni Afg‘onistonda hokimiyatga qaytgan edi.

Shundan beri ko‘plab Tehrik - e Tolibon jangarilari va yetakchilari Afg‘onistonda jon saqlar ekan ba’zilarining ochiq - oydin Tolibon boshqaruvi ostida yashashi Pokistondagi faoliyatlarning ortishiga yo‘l ochdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us