Mamlakatning Milliy Mudofaa va xavfsizlik kengashi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra Myanmaning vaqtinchalik Prezidenti Mint Sve payshanba kuni ertalab 74 yoshida vafot etdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Mint Sve og‘ir ahvolda bo‘lib, poytaxt Neypidodagi harbiy kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan edi.
Bundan 2 yil muqaddam, boshqacha qilib aytganda 2023 - yil boshidan buyon u harakatlanishda sekinlashuv va ovqatlanishda qiyinchiliklarga duch kela boshlagan edi. Tahlil natijalari uning parkinson kasalligi va unga bog‘liq nevrologik muammolardan aziyat chekayotganini ko‘rsatdi.
Mint Sve davolanishni o‘tgan aprel oyida Singapurdagi Mount Elizabeth tibbiyot markazida davom ettirayotgan edi.
Mint Sve 2021 - yilning fevral oyida Aun San Su Chji boshchiligidagi saylangan hukumatni harbiy to‘ntarish orqali hokimiyatdan chetlatishi ortidan vaqtinchalik prezident lavozimini egallagan edi.