DUNYO
2 daqiqa o'qish
Putinning otashkesim o‘rniga yana hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani iddao etilmoqda
Zelenskiy Rossiyaning urushdan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida hech qanday belgilar yo‘qligi, Putinning esa AQSh bilan uchrashuv o‘tkazish ehtimolini o‘zining shaxsiy g‘alabasi sifatida ko‘rsatishda qarorli ekanini ifoda etdi.
Putinning otashkesim o‘rniga yana hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani iddao etilmoqda
12 август 2025

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning otashkesim o‘rniga yana amaliyot uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini iddao etdi.

Zelenskiy dushanba kuni kechqurun bergan bayonotida, «Ruslarning urushdan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beruvchi bironta ham ishora yo‘qdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina rahbari razvedka va harbiy hisobotlarga ko‘ra Putin faqatgina AQSh bilan o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan uchrashuvni o‘zining g‘alabasi sifatida ko‘rsatishga e’tibor qaratayotgani, ortidan esa avvalgidek harakat qilib, Ukrainaga nisbatan ayni bosimni davom ettirishni rejalashtirayotganini qayd etdi.

Ukraina prezidenti shuningdek, Rossiyaning urushdan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beruvchi bironta ham ishora yo‘qligini ta’kidlagan holda harbiylarning takror joylashtirilishi yangi hujumlardan dalolat berishiga e’tibor qaratdi.

«Kimdir tinchlikka tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, unda u qiluvchi ishlar aslo bular emasdir», - degan Zelenskiy Kiyev yetakchiligi hamkorlarini urush maydonidagi vaziyat, diplomatik jarayonlar va Rossiyaning kelajak rejasi haqida xabardor qilishni davom etayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Alaska sammiti

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta bergan bayonotida, Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun uyushtirilgan muzokaralar uchun Putinni Alaska sammitida qabul qilishini ma’lum qildi.

Yevropa davlati liderlari Putinning Tramp bilan birlashib, qabul qilinishi imkonsiz kelishuvlarga majburlashidan xavotir olganliklari uchun chorshanba kuni ham Zelenskiy hamda Tramp bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Tramp yer almashinuvi amalga oshirilishi zarurligini ifoda etar ekan, Zelenskiy ko‘p o‘tmay bu ehtimolni bir gap bilan rad etdi.

Germaniya kansleri Friedrich Merz chorshanba kuni Fransiya, Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarining yetakchilari bilan Yevropa ittifoqi va NATO rahbarlarini virtual muzokaralarga taklif qildi.

Merzning ofisi tomonidan dushanba kuni berilgan bayonotda, turli bosqichlarda bo‘lib o‘tadigan video konferensiyada «Rossiyaga bosim o‘tkazishning qo‘shimcha imkoniyatlari» bilan «ehtimoliy tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik, hududiy talablar va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar» muhokama qilinishini ma’lum qildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us