DUNYO
2 daqiqa o'qish
Nyu - Yorkdagi restoranlardan biridagi otishmada 3 kishi halok bo‘ldi
Amerika Qo‘hma Shtatlarining Nyu - York shahridagi restoranlardan birida yuz bergan otishmada 3 kishi halok bo‘lar ekan, 8 kishi tan jarohati oldi.
Nyu - Yorkdagi restoranlardan biridagi otishmada 3 kishi halok bo‘ldi
9 соат олдин

Bugun, 2025 – yilning 17 - avgusti kuni ertalab Nyu - Yorkning Bruklin mintaqasida joylashgan restoranlardan birida, bir necha qurolli kishi o‘rtasida otishma yuz berdi va oqibatida 3 kishi halok bo‘lar ekan, 8 kishi tan jarohati oldi.

Politsiya idorasining Nyu - Yorkdgi bo‘limi komissari Jessika Tisch matbuot anjumanlaridan birida bergan bayonotida, politsiya, mahalliy vaqt bilan soat 3:30 dan oldin Kraun - Xaytsdagi Franklin - avenyu ustida joylashgan Taste of the City Lounge restoranida otishma chiqqani haqida xabar olganini ma’lum qildi.

Tisch o‘z so‘zida, voqeada halok bo‘lganlardan biri 27, ikkinchisi esa 35 yoshda erkak kishi ekani ammo uchinchi kishining yoshi hali hanuz aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Tan jarohati olgan 8 kishi atrofdagi shifoxonalarga yotqizilar ekan, rasmiylar tomonidan ular haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.

Dahshatli voqea

Tischning qo‘shimcha qilishicha, otishmaga birdan ko‘p inson aralashgan va ular hozircha qo‘lga tushmagan.

Shuningdek, voqea joyida birdan ko‘p quroldan kamida 36 ta bosh gilza topilgan.

«Hozirda 11 kishi tan jarohati olganini aniqladik. Ularning eng kichigi 27, eng kattasi 61 yoshida va 8 nafari erkak kishi, 3 nafari esa ayol kishi», - dedi.

Politsdiya idorasining Nyu - Yorkdgi bo‘limi komissari Jessika Tisch: «Yilning yettinchi oyidan e’tiboran Nyu - York shahrida qayd etilgan eng yengil qurolli hujum voqeasi va qurolli hujumdan jabr ko‘rgan insonlarga guvoh bo‘lyapmiz. Bugun ertalab yuz bergan voqea esa bir istisnodan iborat va albatta qorqinchli holatdir», - dedi.

Politsiya ushbu hodisa ustidan tergov ishlarini boshlatdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us