DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azo aholisini janub tomon ko‘chirishni rejalashtirmoqda
Isroil falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish uchun yangi tuzoq o‘ylab topdi.
Isroil G‘azo aholisini janub tomon ko‘chirishni rejalashtirmoqda
11 соат олдин

Isroil armiyasi falastinliklarni G‘azo shahridan janubiy hududga majburan ko‘chirish rejasini e’lon qildi. Bu harakat G‘azoni qayta bosib olish rejasining bir qismi bo‘lib, xalqaro miqyosda keng tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Armiyaning Matbuot xizmati vakili Avichay Adrai bugundan e’tiboran deyarli ikki yildan beri davom etgan urush tufayli o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan falastinliklar uchun chodirlar olib kirilishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. U bu yordamlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro yordam tashkilotlari nazorati ostida G‘azo janubidagi Kerem Shalom o‘tish punkti orqali olib kirilishini ta’kidladi.

Ammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoki yordam tashkilotlari bu borada hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.

Mavzu haqida KAN telekanali doxil Isroil ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan va armiyaning G‘azo shahrini egallab olishni ko‘zlagan hujumlarni tezlashtirishga tayyorlanayotgani haqidagi xabar ortidan keldi.

Haaretz va Yediot Axronot gazetalari, armiyaga, sentabr oyidan keyin quruqlik orqali keng ko‘lamli amaliyot boshlatishga tayyorgarlik ko‘rish haqida buyruq berilganiga e’tibor qaratdi.

G‘azo hukumati Matbuot xizmati rahbari Ismoil Tavbteh Anado‘lu (Andolu) agentligiga bergan bayonotida: «Isroilning tinch aholini chodirlar bilan ta’minlash sa’y - harakatlari haqidagi iddaosi, G‘azodagi qatliom boshlaganidan beri qo‘l urgan ommaviy ko‘chirish yoki insonlarni o‘z uy - joyidan ko‘chishga majbur qilgan jinoyatini oqlash tashabbusidan boshqa narsa emasdir», - dedi.

Tizimli siyosat

Uning ta’kidlashicha Isroil armiyasi tomonidan o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan tinch aholi uchun chodir qurish rejalashtirilgan hudud, oxirgi oylarda 1,5 milliondan ortiq inson yig‘ilgan Rafoh g‘arbidagi va Xon Yunusdagi al - Mevasiy mintaqasida yuz bergan hodisalaridek qonli yangi tuzoqqa aylanishi mumkin.

Ismoil Tavbteh shuningdek: «Ishg‘ol ostidagi hudud aholisining majburan boshqa joylarga ko‘chirilishi To‘rtinchi Jeneva konvensiyasi va Xalqaro Jinoyat Sudi rim statusi bo‘yicha urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi», - dedi.

Matbuot xizmati rahbari G‘azo aholisi ustidan tuzilgan bunday reja, mintaqani bosib olish uchun tuzilgan tizimli siyosatning bir bo‘lagi ekanini qayd etdi.

Isroil Bosh shtab boshlig‘i Eyol Zamir chorshanba kuni G‘azo janubidagi Zaytun mahallasini ham o‘z ichiga olgan Isroilning qayta ishg‘ol rejasining asosiy fikri sifatida nomlangan qonun loyihasini tasdiqladi.

Isroil Xavfsizlik kengashi o‘tgan hafta Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning G‘azoni to‘liq qayta bosib olish rejasini ma’qulladi. Bu qaror mahalliy va xalqaro noroziliklarga yo‘l ochdi chunki bu reja G‘azoda ushlab turilgan isroillik mahbuslar uchun o‘lim farmoni degan ma’noga kelishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

Rejaga ko‘ra, dastlab G‘azo shahrini egallash uchun deyarli 1 million aholini janubga ko‘chirish, shaharni o‘rab olish va uning mahallalariga bosqinlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda esa yirik qismi yer bilan yakson bo‘lgan G‘azo markazidagi qochqinlar lagerlarini qayta egallab olish rejalashtirilmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us