DUNYO
2 daqiqa o'qish
Xitoy shimolidagi suv toshqini 8 kishi umriga zomin boʻldi
Xitoyning shimoliy hududida kutilmaganda sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida kamida sakkiz kishi halok boʻlar ekan, toʻrt kishi bedarak yoʻqoldi.
Xitoy shimolidagi suv toshqini 8 kishi umriga zomin boʻldi
15 соат олдин

Milliy ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra Xitoyning shimoliy hududida kutilmaganda sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida kamida sakkiz kishi halok boʻlar ekan, toʻrt kishi bedarak yoʻqoldi. Dunyoning eng yirik ikkinchi iqtisodiyoti, Sharqiy Osiyoda kuzatlgan musson yomgʻirlari ta’sirida ziyon koʻrishni davom etmoqda.

Ichki Mongoliyaning yaylovlari orqali oqib oʻtuvchi daryoning qirgʻoqlari shanba kuni soat 14:00 GMT atrofida toshib ketgan. Xabarga koʻra mazkur voqea ortidan, Bayannur shahri chekkasida dam olayotgan 13 kishi suvda oqib ketgan. Qishloq xoʻjaligi markazi yaqinlarida yuz bergan ushbu voqeada bir kishi qutqarilgan.

Xitoyda iyul oyidan beri noqulay ob - havo sharoitlari kuzatilmoqda. Musson yomgʻirlari esa ham shimolda ham janubda muammo tugʻdirmoqda.

Ob - havo boʻyicha mutaxassislar ushbu oʻzgaruvchan ob - havo sharoitini iqlim inqirozi bilan aloqali ekanini qayd etmoqda. Kutilmaganda sodir boʻlgan sel falokatlari esa, minglab insonni oʻz uy - joyidan mahrum qilar ekan, ayni vaqtda, milliardlab dollarlik iqtisodiy yoʻqotishlarga ham yoʻl ochmoqda.

Bayannur, mamlakatning muhim don va yogʻ ishlab chiqarish bazasi boʻlishdan tashqari qoʻy yetishtirish sohasida ham mashhurdir.

Uzoq tanaffusdan so‘ng yuk tashish qayta tiklandi

Mamlakatning eng kichik provinsiyasi hisoblangan Xaynanda 3.5 oydan beri xizmat bermagan, boshqacha qilib aytganda toʻxtatib qoʻyilgan yuk tashish ishlari qayta boshlandi. Milliy axborot agentliklari bergan ma’lumotga koʻra qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha rasmiylar uzluksiz yoʻqqan yogʻingarchilik tufayli kemalar portlarda maxsus ishga tushirimagan.

Ichki Mongoliyadagi suv toshqini Pekindan taxminan 1000 km uzoqlikda joylashgan hududda sodir bo‘lgan. O‘tgan oy oxirida Pekinda ham kuchli yomg‘ir yog‘ib, kamida 44 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 70 mingdan ortiq insonni evakuatsiya qilishga majbur qilgan edi.

Markaziy hukumat o‘tgan hafta tabiiy ofatlarga yordam berish uchun 430 million yuan (59,9 million AQSh dollari) miqdorida yangi mablag‘ ajratilganini e’lon qildi. Aprel oyidan beri ajratilgan umumiy mablag‘ kamida 5,8 milliard yuanga yetdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us