SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Si Szinpin: Xitoy Shimoliy Koreya bilan munosabatlarini mustahkamlashga tayyor
Si Szinpin Shimoliy Koreyaga asos solinishining 77 - yilligi munosabati bilan hamkasbi Kim Jong - unga tabrik maktubi yo‘lladi.
Si Szinpin: Xitoy Shimoliy Koreya bilan munosabatlarini mustahkamlashga tayyor
7 соат олдин

Xitoy davlat matbuoti xabariga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shimoliy Koreyaga asos solinishining 77 - yilligi munosabati bilan hamkasbi Kim Jong - unga tabrik maktubi yo‘lladi. Si Szinpin unda, Xitoyning Shimoliy Koreya bilan strategik munosabatlarini mustahklamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

Rasmiy Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, Si Szinpin maktubida, Xitoy mintaqaviy va xalqaro tinchlik hamda taraqqiyot uchun Shimoliy Koreya bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani bildirgan. Si Szinpin, Xitoy va Koreya Demokratik Xalq Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash uchun ham strategik aloqalarni kengaytirish, yaqin aloqa o‘rnatish va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini o‘z so‘ziga ilova etgan.

Si, ikki mamlakatning sotsialistik talabiga e’tibor qaratgan holda har ikki tomon ham mintaqaviy va global tinchlik hamda taraqqiyotga ko‘proq hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidladi.

Diplomatik munosabatlar

Ikkinchi jahon urushi oxirida Koreya yarim oroli yapon istilosidan ozod bo‘lgach, shimolda kommunistik rejim o‘rnatildi. 1948 - yilning avgust oyida yangi Oliy xalq majlisi saylandi va 3 - sentabrda yangi konstitutsiya e’lon qilindi.

Koreya Demokratik Xalq Respublikasi 1948 - yilning 9 - sentabrida rasman e’lon qilinar ekan, Kim Ir Sen birinchi bosh vazir lavozimiga kirishdi.

Bu yil ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilishining 76 - yilligi nishonlanmoqda.

Kim Jong - un o‘tgan hafta shaxsiy poyezdi orqali Pekinga bordi va unda Si Szinpin hamda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan birga Xitoyning yirik harbiy paradida ishtirok etdi. Kim Xitoyning eng yirik harbiy paradidan bir kun otib, Pekindagi sammit doirasida Si bilan alohida uchrashdi va unda Xitoy bilan bo‘lgan munosabatlarni doimiy ravishda rivojlantirishga va’da berdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us