Falastin Prezidenti Mahmud Abbos dushanba kuni bergan bayonotida, Isroilning G‘azoni nishonga olgan hujumlari to‘xtar - to‘xtamas 1 yil ichida parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra Mahmud Abbos bu bayonotlarni Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yvette Cooper bilan Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi paytida qayd etgan. Uchrashuvda bosib olingan Falastin hududlaridagi oxirgi vaziyatlar va Falastin Davlati bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar qo‘lga olindi.
Abbos Falastinning ustuvor yoʻnalishlarini yana bir bor taʼkidlar ekan ayni vaqtda zudlik bilan butunlay otashkesim yo‘lga qo‘yilishi kerakligi, Gʻazoga insonparvarlik yordamlarining toʻliq yetkazib berilishini taʼminlash, mahbuslarning almashilishi, erta tiklanish va qayta qurish jarayonini boshlash masalasiga e’tibor qaratdi.
Abbos Buyuk Britaniyaning shu oy oxirida Nyu - Yorkda boʻlib oʻtadigan xalqaro tinchlik konferensiyasi arafasida Falastin davlatini tan olish niyatini eʼlon qilishini xursandchilik bilan qarshi olib, uni «tarixiy adolatsizlikni tuzatish va tinchlik uchun yangi ufqning ochilishi» degan so‘zlar bilan baholadi.
Belgiya, Fransiya, Avstraliya va Kanada kabi bir qancha boshqa G‘arb davlatlari ham BMT Bosh assambleyasining shu oydagi yig‘ilishlarida Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda.
Abbos «Saylovda qatnashishni xohlovchi har qanday partiya yoki nomzod Falastin Ozodlik Tashkilotining (FLO) siyosiy dasturi, xalqaro majburiyatlari, yagona hokimiyat, yagona qonun va yagona qonuniy xavfsizlik kuchi tamoyiliga amal qilishi shart», - dedi.
Falastinning siyosiy qayta tiklanishi
2021 - yil boshida Abbos qonunchilik, prezidentlik va Falastin Milliy kengashiga saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi ammo shu kungacha hech qanday saylov o‘tkazilmadi.
Abbos joriy yilning iyul oyida, 1964 - yili Quddusda bo‘lib o‘tgan majlisdan beri ilk bor 2025 - yil oxirigacha Falastin Milliy kengashiga saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi. Falastinni ozod qilish tashkilotining asosiy qonuniga ko‘ra Milliy kengash tashkilotning eng yuqori organi bo‘lib, uning siyosati, rejalari va dasturlarini belgilashdan mas’uldir.
Abbos Londonda Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer bilan ham uchrashib, unda, G‘azoda zudlik bilan butunlay otashkesimni yo‘lga qo‘yish va Falastin masalasidagi oxirgi vaziyatlarni ham qo‘lga oldi.
Wafa xabariga ko‘ra Abbos yakshanba kuni Londonga uch kunlik rasmiy tashrif uyushtirgandi.
Ikki davlat rahbarlari Falastinning bosib olingan hududlaridagi oxirgi vaziyatlar va Falastin bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni ko‘rib chiqdilar.
Falastin rahbari Isroilning xalqaro qonunlarni buzishi, G‘arbiy Sohildagi turar - joylarni kengaytirish rejasi, ko‘chmanchilar zo‘ravonligi va anneksiya siyosatini to‘xtatishi hamda Falastinning taxminan 3 milliard dollarlik soliq tushumlarining bo‘shatilishi va islom bilan nasroniylarning muqaddas makonlariga qarshi hujumlar uyushtirishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.
Mahmud Abbos Bosh vazir Starmerning tinchlik yo‘lidagi muhim sa’y - harakatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Otashkesimni butunlay yo‘lga qo‘yish va G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berilishi talabini qo‘llab - quvvatlagani; aholi punktlarini kengaytirish, ko‘chmanchilar zo‘ravonligi va anneksiyani rad etish hamda muammoni ikki davlat asosida hal qilish yo‘lidagi jiddiy faoliyati uchun Buyuk Britaniya hukumatiga alohida rahmat aytdi.
Abbos G‘azo Falastin davlatining ajralmas bir qismi ekani, urush tugashi ortidan arab dunyosi va xalqaro hamjamiyat ko‘magida javobgarchilikni to‘liq o‘z zimmasiga olishi va ma’muriy qo‘mita o‘z vazifalarini darhol bajarishga kirishishini yana bir bor tasdiqladi.