SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Isroil harbiy kuchlari G‘azodagi ishg‘ol rejasi doirasini tasdiqladi
Isroil Bosh shtab boshligʻi Gʻazoni bosib olishni koʻzlagan amaliyot rajasining asosiy doirasi tasdiqlanganini ma’lum qildi.
Isroil harbiy kuchlari G‘azodagi ishg‘ol rejasi doirasini tasdiqladi
13 август 2025

Isroil Bosh shtab boshligʻi bugun bergan bayonotida, Gʻazoni bosib olishni koʻzlagan amaliyot rajasining asosiy doirasi tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Harbiy bayonotga koʻra Isroil Bosh shtab boshligʻi Eyal Zamil rejani Bosh shtab boshgligʻi forumi, Isroil Ichki xavfsizlik agentligi vakillari va boshqa qoʻmondonlar bilan oʻtkazgan yigʻilishda tasdiqladi.

Yigʻilishda shuningdek kecha boshlagan Zeitoun mintaqasidagi hujum ham doxil Isroil armiyasining bugunga qadargi faoliyatlari baholandi.

Bayonotda: «Gʻazo sektoridagi keyingi bosqichlar uchun markaziy reja konsepsiyasi, siyosiy darajadagi koʻrsatmaga muvofiq taqdim etilgani va tasdiqlangani» - ifoda etildi.

Isroilning kuchli hujumlari

Gʻazodagi harbiy boʻlmagan agentlikning ma’lum qilishicha, soʻnggi kunlarda Isroilning Gʻazo shahriga qarshi uyushtirgan havo hujumlari avj olgan. Shu doirada Zeitoun va Sabra turar - joy punktlaridagi tinch aholi uylarini nishonga olgan ogʻir havo hujumlari ham uyushtirilgan. Bularga koʻp qavatli binolarni nishonga olgan kuchli havo hujumlari doxil qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Netanyaxu hukumatining 22 oydan ortiq davom etgan urushlar ortidan Gʻazo urushini kengaytirish haqida tuzgan rejalari, xalqaro miqyosda va ichki muxolafatda e’tirozlarga yoʻl ochdi.

BMT tomonidan qoʻllab - quvvatlagan mutaxassislar, Isroilning insonparvarlik yordamlariga ulashish imkonlarini jiddiy ravishda cheklangan mintaqada qattiq ochlik qayd etilishi mumkinligini ta’kidladi.

Gʻazodagi Sogʻliqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga koʻra Isroilning Gʻazodagi urushi falastinlik kamida 61,599 kishi umriga zomin boʻldi.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us