SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Kreml yaqin kunlarga rejalangan Trump - Putin uchrashuviga e’tibor qaratdi
Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoffning Moskvada rus rasmiylari bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan Kreml yaqin kunlarga rejalangan Trump - Putin uchrashuviga e'tibor qaratdi.
Kreml yaqin kunlarga rejalangan Trump - Putin uchrashuviga e’tibor qaratdi
7 август 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan sammit doirasida uchrashuv o‘tkazishi mumkin.

Ushbu uchrashuv, Jo Bayden bilan Vladimir Putin o‘rtasida 2021 - yilning iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi ilk AQSh - Rossiya liderlari uchrashuvidir.

Kremlning Tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakovning rus milliy axborot agentligiga bergan bayonotida: «Amerika tomoni taklifi bilan yaqin kunlarda ikki tomonlama sammit uyushtirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi» - dedi.

Ushakov: «Biz hozir amerikalik hamkasblarimiz bilan birgalikda tafsilotlarni aniqlash ishlarini boshlatdik. Kelasi hafta biz uchun muhim sana sifatida belgilab olindi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sammitning qayerda bo‘lib o‘tishi haqida esa faqatgina prinsipial ravishda kelishib olinganini ifoda etgan Ushakov, uchrashuvning qayerda o‘tkazilishi haqida hech qanday batafsil ma’lumot bermadi.

Bu bayonot, Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoffning Moskvada rus rasmiylari bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan qayd etildi.

Ushakov, Vitkoffning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ham ishtirokida uch tomonlama uchrashuvni taklif qilgani ammo Rossiya bu taklifga javob bermaganini ifoda etdi.

Ushakov so‘zlari yakunida: “Rossiya tomoni bu tanlovni umuman javobsiz qoldirdi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us