SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Vens: Rossiya - Ukraina kelishuvi ikkala tomonni ham qoniqtirmasligi mumkin
AQSh vitse - prezidenti JD Vens, Rossiya - Ukraina oʻrtasida tuziluvchi har qanday tinchlik kelishuvi ikkala tomonni ham qoniqtirmasligi mumkinligini qayd etdi.
Vens: Rossiya - Ukraina kelishuvi ikkala tomonni ham qoniqtirmasligi mumkin
11 август 2025

AQSh vitse - prezidenti JD Vens, Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi har qanday kelishuvdan ikkala tomon ham norozi boʻlishi mumkinligini ifoda etgan holda ammo Trump ma’muriyati ikkala tomon uchun ham maqul kelishuv tuzishga harakat qilayotganini oʻz soʻziga ilova etdi.

JD Vens kecha Fox News bilan boʻlgan suhbatida, «Menimcha ruslar ham ukrainlar ham yakuniy natijadan norozi boʻlishi mumkin», - der ekan Trump ma’muriyati ham ukrainlar hamda ruslarga maqul, nisbatan tinch - totuv yashay oluvchi va oʻlimlar qayd etilmagan muzokara yoʻli izlayotganini bildirdi.

Vens diplomatik to‘siq bartaraf etilgani, Prezident Donald Tramp Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga roziligini olganini ta'kidladi.

Vens: «Eng muhim to‘siqlardan biri Vladimir Putinning Zelenskiy bilan hech qachon uchrashmasligi haqidagi gaplari edi ammo u endilikda bu fikridan qaytdi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vens, hozirgi kunda AQSh yetakchiligi uchala liderning uchrashishi ustidan faoliyat olib borayotganini qayd etdi. Tramp bilan Putin juma kuni AQShning Alyaska shtatida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda urush masalasini muhokama qiladi.

Putinning Trampdan oldin Zelenskiy bilan uchrashib uchrashmasligi haqidagi savolga Vens, buning samarali boʻlmasligiga e’tibor qaratdi.

Vens mavzu haqida: «Bu ikki tomonni birlashtiruvchi inson AQSh Prezidenti boʻlishi kerak degan fikrdaman», - dedi.

Putin payshanba kuni bergan bayonotda, Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvga qarshi emasligini ammo zarur shart - sharoitlar yaratilishi kerakligini qayd etdi. NBC News yakshanba kuni Oq uyning Ukraina liderini Alyaskaga taklif qilishi mumkinligini xabar qildi.

Insonsiz havo transportlari hujumlari davom etmoqda

Shu bilan birga Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Tula viloyatiga qarshi insonsiz havo transporti orqali uyushtirgan hujumlarida ikki kishi halok boʻlganini ma'lum qildi.

Vazirlikning aytishicha, hujum Moskva va boshqa hududlarni ham nishonga olgan.

Tula viloyati gubernatori Dmitriy Milyayev Telegram orqali bergan bayonotida, Moskva viloyatining shimolida joylashgan Tula viloyatidagi hujum oqibatida jon berganlardan tashqari yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilganini qayd etdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi yakshanba kuni kechqurun 3 soat ichida Ukrainaning 27 ta insonsiz havo transportini yoʻq qilgani bildirdi. Qayd etilishicha ulardan 11 tasi Tula viloyatida, 1 tasi Moskva viloyatida va qolganlari Rossiyaning janubi - g‘arbidagi to‘rt boshqa hududda yo‘q qilingan.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us