Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Suriyaning mustaqilligi, birlik va hamjihatligi hamda hududiy yaxlitligiga bo‘lgan kuchli sadoqatini yana bir bor tasdiqlab, mamlakatning o‘tish jarayoniga aralashuvlarni qoraladi.
Xavfsizlik kengashi mavzu haqida kecha bergan bayonotida, «Xavfsizlik kengashi Suriya Arab Respublikasining mustaqilligi, birliği va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan kuchli sadoqatini yana bir bor tasdiqlab; dunyoning butun mamlakatlarini ushbu tamoyillarni hurmat qilishga chaqiradi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bayonotda Suriyaning siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy o‘tish jarayonini ko‘zlagan barcha salbiy yoki vayronkor aralashuvlar qoralanar ekan, bunday aralashuvlar barqarorlikka erishish harakatlariga putur yetkazishi ta’kidlandi.
Kengash dunyoning barcha davlatini mamlakatni yanada beqarorlashtiruvchi har qanday harakat yoki aralashuvdan uzoq turishga chaqirdi.
Shuningdek, iyul oyida janubdagi Suvayda mintaqasida sodir bo‘lgan voqealardan chuqur xavotirda ekanini ifoda etgan holda ushbu hududdagi zo‘ravonlikning kuchayishi keskin qoralandi.
Markazida Londonda joylashgan Suriya Inson Huquqlari Tarmog‘iga ko‘ra Suvayda 19 -iyuldan beri o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilmoqda. Bu druz guruhlari va badaviy qabilalari o‘rtasida bir hafta davom etgan va 426 kishi umriga zomin bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar ortidan otashkesimga guvoh bo‘lganliklarini bildirdi.
Har qanday terrorga qarshi kurash
Bayonotda, 1974 - yili imzolangan Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv va BMTning Otashkesimni kuzatish kuchi (UNDOF) rolini hurmat qilish muhimligi ta’kidlandi. Ushbu kelishuv shartlariga rioya qilish orqali keskinlikni kamaytirish zarurligi qayd etildi.
Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlar masalasida, mamlakat ichidagi terrorning barcha turlariga qarshi kurashishning ahamiyati ta’kidlangan holda terrorchilarning bu mamlakat uchun tahdid solayotganidan xavotirda ekani bildirildi.
Xavfsizlik kengashi, shuningdek, suriyaliklar tomonidan boshqarilgan va ular xohlagan siyosiy jarayonni amalga oshirishni qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.
Bayonotda mamlakatdagi barcha etnik va diniy guruhlarni himoya qilish zarurligi ta’kidlanar ekan, ayni vaqtda, ushbu himoyasiz Suriyada mazmunli tiklanish bo‘lishi mumkin emasligi qayd etildi.
«Xavfsizlik kengashi Suriyaning vaqtinchalik hokimiyatining zo‘ravonlikni qoralagan va mas’ullarning javobgarchilikka tortilishi uchun choralar ko‘rgan bayonotini xursandchilik bilan qarshi oldi», - deyiladi bayonotda.
Ushbu bayonot Bashar al - Asadning 2024 - yilning oxirida, qariyb 25 yillik zolimlardek boshqaruvidan chetlatilishi ortidan Suriya ma’muriyatining barqarorlikni qayta tiklash ustida ishlayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Asadning hokimiyatdan ketishidan so‘ng Isroil Suriyaning Go‘lan tepaliklaridagi demilitarizatsiya qilingan bufer zonasini egallab, 1974 - yilgi kelishuvini buzdi.
Shuningdek Isroil Suriya harbiy obyektlari, qiruvchi samolyotlar, raketa tizimlari va havo mudofaa inshootlarini nishonga olgan yuzlab havo hujumlari uyushtirdi.