SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Isroilning falastinliklarni Janubiy Sudanga koʻchirish iddaosi davom etmoqda
Isroilning Gʻazodagi falastinliklarni Janubiy Sudonga koʻchirish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani iddao etilmoqda.
Isroilning falastinliklarni Janubiy Sudanga koʻchirish iddaosi davom etmoqda
13 август 2025

Isroilning 22 oydan beri davom etgan urush oqibatida yer bilan yakson boʻlgan Gʻazodagi falastinliklarni ommaviy ravishda koʻchirish ishlarini qulaylashtirish sa’y - harakatlari doirasida, ularning Janubiy Sudanga joylashtirilishi ehtimolini muzokara qilgani qayd etildi.

Associated Press agentligining mavzudan xabardor manbalardan olgan ma’lumotga tayangan xabarida, Isroilning Gʻazo xalqini takror joylashtirish masalasi ustidan muzokaralar olib borgani tasdiqlandi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo xalqining yirik qismining - oʻz ifodasi bilan aytganda - oʻz ixtiyori bilan yer almashtirishi yoki koʻchirilishi, AQSh Prezidenti Donald Trampning rejasini amalga oshirish bilan barobardek ekanini qayd etdi. Netanyaxu Isroilning yer almashtirish taklifini Afrikaning boshqa davlatlariga ham taklif qilganini oʻz soʻziga ilova etdi.

Falastinliklar, Inson Huquqlari Tashkilotlari va xalqaro hamjamiyatning yirik qismi; nomi tilga olingan takliflarni xalqaro qonunlarni buzuvchi majburiy koʻchirish rejasi sifatida rad etdi.

Takliflar, shuningdek, Gʻazo xalqining takror joylashtirilishi haqidagi fikrini fevral oyida kun tartibiga olib chiqqan ammo oxirgi oylarda ortga tisarilgan Tramp uchun ham ehtimoliy kirish darvozasi sifatida baholanmoqda.

Isroil Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida hech qanday bayonot bermas ekan, Janubiy Sudan Tashqi Ishlar vaziri muzokaralar haqidagi savollarga hech qanday javob bermadi. AQSh Davlat kotibi Matbuot xizmati kotibi esa maxsus diplomatik uchrashuvlar haqida hech qanday izoh bermasliklarini bildirdi.

Ocharchilik xavfi ostidagi toʻqnashuv hududlaridan biridan ikkinchisiga

Falastinliklarning koʻpchiligi urush va ocharchilikdan qochish uchun hech boʻlmaganda vaqtinchalik Gʻazodan ketishni istashi mumkin.

Ammo falastinliklar oʻz tuproqlarini oʻz vatanlarining ajralmas bir qismi sifatida qabul qilganliklari bois, butunlay koʻchish takliflarini jiddiy ravishda rad etmoqda.

Keyinchalik oʻz yurtiga qaytishlariga aslo ruxsat berilmasligi va ommaviy koʻchishning Isroilning Gʻazoni bosib olish va Isroil hukumatidagi oʻta ong qanot koʻz qarashdagi vazirlar chaqirgan yahudiylarga takror turar - joy punkti qurib olishiga imkon berishidan chekinmoqda.

Shunga qaramay, Gʻazoni tark etishni xohlagan falastinliklar ham Janubiy Sudan kabi dunyoning eng beqaror va urushdan aziyat chekayotgan davlatlaridan biriga borishga jur’at etmasligi ehtimoldan xoli emasdir.

Janubiy Sudan mustaqillikdan keyin avj olgan ichki urushdan keyin qayta tiklanishda qiynalmoqda. Xuddi shu urush yuzasidan 400 mingga yaqin inson halok boʻldi va mamlakatning ayrim hududlari ocharchilikka duch kelmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us