DUNYO
1 daqiqa o'qish
Chilida 7.5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi
Chilining janubida 7.5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi va hozircha tsunami xavfi kamaygani aytilmoqda.
Chilida 7.5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi
22 август 2025

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Geologik Tadqiqotlar xizmati (USGS) ma'lumotlariga kora, payshanba kuni Chilining janubida, Drake bogozida 7.5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Geologik Tadqiqotlar xizmati voqea taxminan 10.8 kilometr (6.71 mil) chuqurlikda yuz berganini ma’lum qildi.

Yer silkinishi ham Chili hamda qo‘shni Argentinaning bir necha shahrida his qilindi.

Hozircha voqeaning mintaqaga qay darajada ziyon yetkazgani haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Yer silkinishi ortidan Chilining Harbiy - dengiz gidrografiya va okeanografiya xizmati (SHOA) tsunami xavfi haqida ogohlantirib, qirgoq hududlaridan aholini evakuatsiya qilishni buyurdi.

Ko‘p o‘tmay tsunami tolqinlari xavfini tashkil etgan yer silkinishi bilan bog‘liq avvalom bor Tinch okeani Tsunami Ogohlantirish Markazi, keyinchalik Bloombergga yuborilgan elektron xabar orqali nomi tilga olingan xavfning kamayganini tasdiqladi.

Natijada, qirgoq tolqinlarining 0.3 metr (1 fut) dan oshmasligi aniqlandi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us