DUNYO
2 daqiqa o'qish
Ukrainaning tinchlik sa'y - harakatlariga qaramay Rossiya hujumlari davom etmoqda
Moskva Seredne va Kleban Byk ustidan nazoratni qo‘lga olgani va Ukraina mavzelarini artilleriya o‘qlari, insonsiz havo transportlari va raketalar orqali nishonga olganini ma’lum qildi.
Ukrainaning tinchlik sa'y - harakatlariga qaramay Rossiya hujumlari davom etmoqda
бир кун олдин

Ukrainada tinchlik ornatish sa’y – harakatlari davom etar ekan, Rossiya jabhadagi taranglikni orttirib, Donetsk viloyatidagi ikki qishloqni qolga kiritganini e’lon qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi shanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, Seredne va Kleban -Byk qishloqlari janubiy va garbiy kuchlar tomonidan olib borilgan amaliyotlar orqali nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra Rossiya harbiy - havo kuchlari insonsiz havo transportlari, raketa va artilleriya unsurlari orqali Ukrainaning harbiy - sanoat ob’ektlaridan birini nishonga olgan. Shuningdek, Ukraina armiyasi vaqtinchalik joylashtirilgan hududlar bilan chet ellik jangchilar joylashgan 143 ta manzilga zarba bergan.

Bayonotda, shuningdek, Ukrainaning havo hujumlariga qarshi Rossiyaning havodan mudofaa qilish tizimlari oxirgi bir hafta ichida to‘rtta boshqariladigan bomba va 160 ta insonsiz havo vositasini urib tushirgani iddao qilindi.

Kleban - Bykning qolga olinishi rus qoshinlarining Kramatorsk yolidagi strategik ahamiyatga ega Kostiantinivka tomon oldinga siljishi degan ma’noni anglatadi. Bu shaharcha Ukrainaning mintaqadagi asosiy logistika bazasiga egadir.

Rossiya bir kun avval yana Donetsk viloyatidagi uchta qishloqni bosib olganini e’lon qilgandi. Kreml, nomi tilga olingan mintaqani 2022 - yilning sentabr oyida anneksiya qilib olganini ilgari surmoqda.

O‘rtamchilik sa’y – harakatlari jadal tus olmoqda

Rossiyaning songgi yutuqlari Rossiya bilan Ukraina liderlari ortasida rejalashtirilgan sammitga bolgan umidlar susayayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. AQSh Prezidenti Donald Tramp urushni to‘xtash uchun qarorlilik bilan himoya qilgan bu uchrashuv tashabbusi, boshi berk kochaga kirib qolgandek.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni bergan bayonotida, Trampning o‘rtamchilik sa’y – harakatlari toxtab qolganiga ishora qilgan holda hech qanday uchrashuv rejalashtirilmaganini ifoda etdi.

Tramp ham xuddi ana shu kuni jurnalistlarga bergan bayonotida, ikki hafta ichida Ukraina tinchligi borasidagi saʼy - harakatlar ustidan hal qiluvchi tusda qaror qabul qilinishini bildirdi.  AQSh prezidentining ta’kidlashicha, bu qaror natijasida yo Rossiyaga nisbatan katta sanksiyalar joriy qilinadi yoki hech qanday chora ko‘rilmaydi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us