DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil yana bir bor falastinlik jurnalistni nishonga oldi
Isroil yana bir bor falastinlik jurnalistni nishonga oldi va bu orqali 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gʻazoda oʻldirilgan falastinlik jurnalistlar sonini 240 nafarga yetdi.
Isroil yana bir bor falastinlik jurnalistni nishonga oldi
21 соат олдин

Falastinlik Jurnalistlar uyushmasi, Isroil kuchlari G‘azo shimolida falastinlik yana bir jurnalistni o‘ldirganini ma’lum qildi.

Nodavlat notijorat tashkiloti mavzu haqida shanba kuni bergan bayonotda, Falastin TV kanali operatori Halid al – Madhun, Ziqim hududida Isroil hujumida otib o‘ldirilganini qayd etdi.

Al - Madxun voqea vaqtida insonparvarlik yordami so‘rab kelgan falastinliklar to‘plangan nuqtada xabar dasturi tayyorlayotgan edi.

Kasaba uyushmasi bu qotillikni Falastin haqidagi xabarlar tarqalmasligini ko‘zlagan tizimli kampaniya sifatida qoraladi va G‘azodagi jurnalistlar xavf - xatarlarga qaramay o‘z vazifalariga sodiq qolishlarini ta’kidladi.

Hudud hukumati matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra al - Madxunning oʻlimi bilan 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gʻazoda oʻldirilgan falastinlik jurnalistlar sonini 240 nafarga yetdi.

Jurnalistlar uchun eng halokatli urush

Bu oy boshida Isroil G‘azo shahridagi «al – Shifo» kasalxonasi yaqinidagi chodirga qarshi uyushtirgan hujumda olti jurnalist umriga zomin bo‘lgandi. Halok bo‘lganlarning besh nafari Al Jazeera xodimlari edi.

Gʻazodagi jurnalistlar xalqaro miqyosdagi ogohlantirishlarga qaramay bir necha bor Isroil hujumlari, hibsga olishlari va tahdidlariga duch kelishgan. Kuzatuvchilar mazkur holatni «Urush haqidagi xabarlarni bostirishga urinish» - sifatida baholamoqda.

Isroil armiyasi, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlari oqibatida falastinlik 62 ming nafardan ortiq inson umriga zomin boʻldi. Harbiy hujumlar ochlikka qarshi ham kurash olib borayotgan hududni yer bilan yakson qildi.

Otgan 2024 - yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida Gazodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.

Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us