Isroil Bosh shtab rahbari Eyal Zamir G‘azoni bosib olish rejasi mahbuslar hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishini ifoda etgan holda Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni mavjud, mahbuslarni almashish taklifini qabul qilishga chaqirdi.
Eyal Zamir bu haqida, isroillik mahbuslarning oilalari tomonidan o‘z yaqinlarini ozod qilish uchun kelishuvga erishish talabi kuchayib borayotgan bir paytda gapirdi.
Netanyahuning so‘zlari, Isroilning, o‘rtamchilar taklif qilgan va Hamas qabul qilgan Misr - Qatar taklifiga rasmiy javob bermay turib yangi shartlar asosida kelishuv yo‘llari izlashi mumkinligidan dalolat bermoqda.
«Kanal 13» orqali aks etgan bayonotlardan birida Zamir, o‘rtada bir kelishuv borligi va uni qabul qilish vaqti kelganini qayd etayotganiga guvoh bo‘lasiz.
«Armiya kelishuvni tamomlay olish uchun kerakli shart - sharoitni yaratib berdi. Shunday ekan qaror qabul qilish endi Netanyaxuning qo‘lida», - dedi.
Bosh shtab rahbari, G‘azo shahrini ishg‘ol qilish rejasidan xavotirda ekanini takrorladi.
«Armiya G‘azoni bosib olishi mumkin ammo amaliyot mahbuslar hayotini jiddiy ravishda xavf ostiga qo‘yadi», - dedi.
Mahbuslarning oilalari Zamirning gaplarini qo‘llab – quvvatladi.
Ikki bosqichli mahbuslar almashinuvi
Bosh shtab boshlig‘i, 50 nafar mahbusning ozod etilishi va urushni to‘xtatishni ko‘zda tutgan keng ko‘lamli kelishuv talabi, Isroil xalqining ko‘pchiligining ko‘z qarashini aks ettirishini ifoda etdi.
Isroilning hisob - kitoblariga ko‘ra Hamas qo‘lida 50 nafar isroillik mahbus bor. Ularning 20 nafari hayotda bo‘lishi mumkin. Tel - Aviv qo‘lida esa 10 800 nafardan ortiq falastinlik mahbus borligi taxmin qilinmoqda.
Mudofaa vaziri Isroil Katz juma kuni, G‘azo shahrini bosib olish rejalarini tasdiqlab, aholini boshqa joyga ko‘chirishga va’da bergandi.
«Kanal – 12» xabariga ko‘ra, mavjud taklif quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-Isroil insonparvarlik yordamiga ruxsat berish uchun chegaradan biroz ortga chekinadi.
- 60 kun davom etadigan vaqtinchalik otashkesim yo‘lga qo‘yiladi.
- Bu jarayonda almashinuv ikki bosqichda amalga oshiriladi: 10 nafar mahbus tirik holda, 18 nafar isroillikning jasadi esa falastinlik mahbuslar evaziga topshiriladi.
- Bundan tashqari, doimiy sulh bo‘yicha muzokaralar davom etadi.
Isroil armiyasi, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlari oqibatida falastinlik 62 ming 700 nafar inson umriga zomin boʻldi. Harbiy hujumlar ochlikka qarshi ham kurash olib borayotgan hududni yer bilan yakson qildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallant haqida G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar tufayli hibsga olish bo‘yicha buyruq chiqardi.
Isroil shuningdek, aholi punktlaridagi tinch aholiga nisbatan qo‘l urilgan urush jinoyatlari yuzasidan Xalqaro Adliya sudida genotsidga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.