DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp: Kelasi hafta G‘azo masalasi ustidan kelishib olinishi mumkin
Otashkesim yo‘lga qo‘yilishiga qaramay Isroil, Falastinning qamal ostidagi ayrim qismlarida harbiy o‘rnini saqlab qolishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Tramp: Kelasi hafta G‘azo masalasi ustidan kelishib olinishi mumkin
4 соат олдин

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Isroil bilan Falastinning qarshilik harakati Hamas o‘rtasida G‘azo masalasi ustidan kelishib olinishi va otashkesim yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini qayd etdi.

Yakshanba kuni Merilendagi Endryus qo‘shma bazasida jurnalistlarga bayonot bergan Tramp: «G‘azo muzokaralari davom etmoqda va umid qilamanki kelasi hafta muammoni hal qilamiz», - dedi.

Tramp avvalroq Qatar bilan Misrning Hamasga bergan taklifi yordamida, Isroil, G‘azoda 60 kunlik otashkesim uchun kerakli shartlarni qabul qilgani haqida gapirgandi.

Hamas bunga ijobiy javob berdi va otashkesimni yo‘lga qo‘yish hamda mahbuslarni almashish uchun muzokaralarga tayyor ekanini bildirdi.

Isroil Hamasning Qatar taklifiga kiritgan o‘zgartirishlarni qabul qilish imkonsiz ekanini iddao etishiga qaramay hay’ati Dohaga muzokara uchun ketdi.

Dohadagi muzokaralar vaqtinchalik, boshqacha qilib aytganda 60 kunlik otashkesim, 10 nafar tirik va 18 nafar vafot etgan isroillik mahbuslarni ozod etish hamda doimiy tinchlik muhokamalarni o‘z ichiga olgan.

Ko‘plab masalalar hal qilingani ifoda etilishiga qaramay eng asosiy masala haligacha o‘z yechimini topmagan. Ya’ni, Isroil, G‘azo atrofidagi tampon zonani nazorat qilishda oyoq tiramoqda.

O‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan taqdirda ham Isroil falastinliklarni boshqa davlatlarga ko‘chirish maqsadi doirasida Rafohdagi harbiy o‘rnini saqlab qolish va «kontslager» tashkil etish rejalarini e’lon qildi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us