DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya Ukraina uchun taklif qilingan xavfsizlik kafolatlarini rad etdi
Dunyoning 26 ta davlati Ukraina uchun G‘arb davlatlaridan xalfsizlik kafolatlari olinishi kerakligini taklif qilgandi.
Rossiya Ukraina uchun taklif qilingan xavfsizlik kafolatlarini rad etdi
14 соат олдин

Kreml juma kuni bergan bayonotida chet ellik qo‘shinlar Ukraina xavfsizligini kafolatlay olmasligini ma’lum qilib, Moskva bilan Kiyev o‘rtasida urushni to‘xtatishni ko‘zlagan yuqori darajadagi har qanday muzokaralar oldidan haligacha muhim infratuzilma ishlariga ehtiyoj borligini ta’kidladi.

Bu bayonotlar 26 davlat tomonidan urushdan keyin Ukraina xavfsizligini kafolatlash haqida va’da berishidan bir kun o‘tib qayd etildi. Ushbu va’dalar xalqaro kuchlarning quruqlikda, dengizda va havoda amaliyot uyushtirish ehtimolini ham o‘z ichiga olmoqda.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum doirasida RIA davlat axborot agentligiga bergan bayonotida: «Xorijiy, ayniqsa Yevropa va Amerika qoʻshinlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini bera oladimi? Mutlaqo yoʻq», - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Peskov: «Bu xavfsizlik kafolatlari yurtimizga toʻgʻri kelmaydi, biz buni qabul qila olmaymiz», - deya gapirdi.

Urushni tugatishni ko‘zlagan chora - tadbirlar

AQSh Prezidenti Donald Trampning yechim topishga urinishlariga qaramay, Rossiyaning 2022 - yilning fevral oyidagi hujumidan keyin uchinchi yilga kirgan urushning tugash arafasida ekanini ko‘rsatuvchi alomatlar kam.

Peskovning aytishicha, 2022 - yili Istanbulda boʻlib oʻtgan tinchlik muzokaralari doirasida Ukraina uchun zarur boʻlgan barcha xavfsizlik kafolatlari zotan mavjud. Nomi tilga olingan taklifda Ukrainaning NATO tarkibiga kirish niyatidan voz kechib AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiyaning xavfsizlik kafolatlari evaziga betaraf, yadrosiz maqom olishi koʻzda tutilmoqda.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva Kiyev bilan muzokaralardagi vakillikning hozirgi darajasidan mamnun.

«Yuqori darajadagi yoki eng yuqori darajadagi yig‘ilish o‘tkazilishidan oldin, kichik muammolar va kichik texnik masalalarni hal qilish uchun jiddiy faoliyat olib borilishi zarur. Bu elementlarning barchasi birgalikda butun yechim jarayonini tashkil qiladi», - degan ifodalarga o‘ein berdi.

Shimoliy Koreyalik jangchilar

Peskov Shimoliy Koreyaning ishtiroki haqidagi taxminlarga ham to‘xtalib, Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainada joylashtirilmagani faqat Rossiya hududida bo‘lganini tushuntirdi.

Chorshanba kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin shimoliy koreyalik askarlarning Ukraina kuchlariga qarshi ko‘rsatgan jasoratli kurashi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Xitoyda boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Kimga murojaat qilgan Putin, «Maʼlumki, sizning tashabbusingiz bilan maxsus kuchlaringiz Kursk viloyatini ozod qilishda ishtirok etdi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

«Askarlaringiz mardonavor va qahramonona jang qildilar» - dedi.

Shimoliy koreyalik askarlar joriy yilning boshida Ukraina kuchlarining Rossiya g‘arbida joylashgan Kurskdan chiqarilishiga yordam bergandi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us