Tolibon hukumati vakilining aytishicha, yakshanba kuni qayd etilgan kuchli yer silkinishida kamida 2 ming 205 kishi halok bo‘lgan va minglab inson tan jarohati olgan. Afg‘oniston sharqida esa qidiruv - qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Kunar viloyatidagi mahalliy xavfsizlik kuchlari vakili Rahimulloh Hamzala payshanba kuni bergan bayonotida, qurbonlar va tan jarohati olganlar soni 5000 nafardan oshganini ifoda etar ekan «Ko‘pchilik vayronalar ostida qolib ketganini hisobga olgudek bo‘lsak, unda mutlaqo qidiruv - qutqaruv ishlari davom etamiz. Eng yomoni, qurbonlar soni yanada ortishi mumkin», - dedi.
Xalqaro hamjamiyatni yordamga chaqirdi
Kobul rasmiylari yer silkinishidan ziyon ko‘rgan Nangarhor, Lag‘mon va Panjshir viloyatlarida qurbon bo‘lganlar bo‘lishi mumkinligini yodga solgan holda Nangarhorda kamida 12 kishining o‘limi tasdiqlanganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Insonparvarlik yordam tashkilotlari vayronagarchilik ko‘lami juda katta ekani va inqirozning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shoshilinch ravishda xalqaro hamjamiyatning yordami kerakligini ta’kidladi.
Turkiya boshpana, gigiyena vositalari va oziq - ovqat kabi 25 tonna yordam yubordi. Pokiston, Eron, Xitoy, Hindiston va ko‘plab G‘arb davlati ham yordam berishga va’da berishdi.
AQSh Geologik xizmati yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 23:47 da (1917 GMT) Jaloloboddan 27 kilometr sharq va shimoli-sharqda, 8 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea paytida ko‘pchilik uyquda edi.
Yer silkinishi, Tolibon 2021 - yili hokimiyatni tiklaganidan beri Afg‘onistonda sodir bo‘lgan uchinchi yirik voqea bo‘ldi va bu mamlakatdagi gumanitar muammolarni yanada kuchaytirdi.