TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an G‘alaba bayramini «Turkiya tarixidagi burilish nuqtasi» deb baholadi
Erdo‘g‘an bugungi G‘alaba bayrami turk xalqining noyob irodasi, bukilmas iymoni va qahramonliklarining eng kuchli ramzlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an G‘alaba bayramini «Turkiya tarixidagi burilish nuqtasi» deb baholadi
30 август 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 30 - avgust G‘alaba bayramini, «Turkiya tarixidagi burilish nuqtasi» deb baholadi.

Erdo‘g‘an bugungi G‘alaba bayrami turk xalqining noyob irodasi, bukilmas iymoni va qahramonliklarining eng kuchli ramzlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi.

Erdo‘g‘an: «Qahramon armiyaning vatanga bo‘lgan muhabbati va xalqning birlashgan irodasi yordamida qo‘lga kiritilgan Buyuk G‘alaba, qullik zanjirlarini sindirgan holda mustaqillikka yo‘l ochdi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an Buyuk G‘alaba faqatgina harbiy g‘alaba emasligiga urg‘u berib, uning ayni vaqtda xalqimizning qayta tirilishi, yashash uchun kurashi va abadiy mustaqilligining dalili ekanini ta’kidladi.

Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida 1922 - yilning 26 - avgustida boshlangan buyuk harbiy harakat, ayni yilning 18 - sentabrida tamomlanib, Turkiya mustaqilligini ta’minladi.

Tarixchilarning qayd etishicha Ataturk yetakchiligida qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba Turkiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilab olishdagi qat’iyati va Anado‘ludagi doimiy o‘rnini aniqlab bergan.

Turk xalqi mustaqillikdan aslo voz kechmaydi

Prezident Erdogan G‘alaba bayrami faqatgina turk xalqiga emas, qullik ostidagi har bir mazlum xalqqa umid baxsh etganiga e’tibor qaratdi. 

Erdo‘g‘an, «Turk xalqi bu buyuk g‘alaba orqali hech qachon boshqasiga bo‘ysunmasligi, aslo asirlikni qabul qilmasligi va o‘z mustaqilligidan voz kechmasligini butun dunyoga yana bir bor e’lon qildi», - dedi.

Bu g‘alaba ozodlik uchun kurash olib borayotgan har bir millatning mustaqillik orzularining ramziga aylanganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, xalq vazifasi, yiqilgan mustaqillik mash’alasini birlik va hamjihatlik ichida yana – da kuchli kelajak tomon yetkazib berish ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida: «Ushbu mazmunli va ma’noli kun munosabati bilan vatan uchun o‘z jonini fido qilgan aziz shahidlarimizni, ayniqsa, G‘oziy Mustafa Kemal va quroldoshlarini, qahramon faxriylarimizni minnatdorchilik bilan yodga olaman. Aziz xalqimizni, 30 - avgust G‘alaba bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman», - dedi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us