Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning aytishicha, Isroil G‘azodagi genotsid siyosatini kengaytirish niyatida. Anqara esa bunga qarshi kurashni Pokiston bilan hamkorlik ichida davom ettiradi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan NSosyal ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot bo‘lishildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra bugun, 31 – avgust kuni Prezident Erdo‘g‘an Xitoyning Tyanszin shahrida Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif bilan uchrashdi. Erdo‘g‘an, ushbu uchrashuvda, Turkiya Isroil genotsidiga qarshi Pokiston bilan bir safda ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an unda shuningdek, Isroil G‘azoda genotsid siyosatini kengaytirishga intilayotganini ta’kidladi, Turkiya bu genotsidga qarshi Pokiston bilan bir safda ekanini qayd etar ekan, ayni vaqtda, ikki davlat bu borada hamkorlikda ish olib borishni davom ettirishini bildirdi.
Qayd etilishicha ikkala lider yuqorida nomi tilga olingan uchrashuv chog‘ida o‘zaro aloqalar, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar ustidan ham fikr almashgan.
Hamjihatlik
Anqara Pokiston bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidan mamnunligini bildirgan holda, bu borada ko‘rsatilgan hamjihatlikni yuqori baholadi.
Qo‘shimcha qilishicha Turkiya bilan Pokiston savdo, energetika, mudofaa va xavfsizlik kabi ko‘plab sohalarda hamkorlikni mustahkamlash ustida ishlamoqda.
Erdo‘g‘an, so‘zlari davomida, Suriya birligi va hududiy yaxlitligi Turkiya uchun muhim ekanini ta’kidladi va Anqara Suriyani beqarorlashtiruvchi har qanday harakat va munosabatga qat’iy qarshi ekanini bildirdi.
Turkiya Prezidenti bilan Pokiston Bosh vaziri Tyanszinda uyushtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 25 - yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda Xitoyda.